Salomatlik Goʼzallik Qosh o’stirish uchun 8 ta usul

Qosh o’stirish uchun 8 ta usul

O'qildi: 835




Hatto eng chiroyli pardoz ham, agar qoshlar yuzga mos bo'lmasa, mukammal ko’rinmaydi.

Qosh o'stirish vaqtida pinset haqida unuting

Eng muhim va eng qiyin qadam - bu qoshlar pinsetlardan foydalanmaslik. Albatta pinsetlarni faqat bir muncha vaqtga, qoshlar yangi kuch bilan o’sib chiqqungacha rad etasiz. Bu kamida uch oydan to'rt oygacha vaqtni oladi. Shaklsiz o'sib borayotgan qoshlar ko'rinishi jozibali ko'rinmaydi. Lekin baribir, bir oz sabr qilib, agar o’sayotgan qoshlaringiz sizni qoniqtirmasa, oynaga kamroq qarashga harakat qiling. Umuman olganda, bu parhezga o’xshaydi: istak manbaidan xalos bo'ling va siz istalmagan oqibatlardan xalos bo'lasiz.

Qosh o'stirish vositalaridan foydalaning

Qosh sochlarini o'stirish uchun maxsus ishlab chiqilgan konditsionerlar, gel, moy va yog’lar - qoshlar va kirpiklaringizni tezroq o’sishiga yordam beradi. Shuni yodda tutingki - kimgadir mos kelgan vosita sizga mos kelmasligi mumkin. Qosh o’sishi uchun bir emas balki bir nechta faol vositalarni ishlatish kerak bo’lishi mumkin. Vositalarni kuniga ikki marta ishlatish tavsiya etiladi: ertalab va kechqurun.
Qosh o’stirish uchun 8 ta usul

Qosh o'stirish uchun vitaminlar iching

Vitaminlar va biologik faol qo’shimchalar bir zumda effekt bermaydi. Ammo muntazam ravishda qabul qilish, qoshlar va sochlar sifatini boshqa vositalar bilan ishlatilganda bir necha marotaba oshiradi. Vitaminlar odam organizmi ichidan ta’sir qilib, tashqi ko’rinishga yaqqol natijani namoyish etadi. Soch va tirnoqlarni oziqlantirish va mustahkamlash uchun mo'ljallangan vitamin komplekslarini va foydali taomlarni tanlang. Kalsiy, A vitamini, E va B guruhi vitaminlari (riboflavin, niatsin, biotin, foliy kislotasi) nafaqat sochlar uchun, balki sochlar uchun ham foydali.

Qoshlaringizni chiroyli bo’yashni o’rganing

Mukammal ko’rinish uchun qoshlarni umuman bo’yamasdan iloji yo’q: qoshlar notekis o'sadi. Qosh orasidagi bo'shliqlarni to'ldirish kerak. Eng yaxshi usullar - qalam, tenlar va qosh uchun maxsus laynerlar. Ularning yordami bilan "tabiiy" tuklarni chizish juda oson. Eng asosiysi o’zingizga to’g’ri keladigan bo’yoq rangi va ishlab chiqarilish formasini tanlang.

Qosh o'stirish uchun ularni tarang

Asta-sekin aks o’sayotgan sochlar turli yo'nalishlarda o’sishlari mumkin. Biz ularga aniq yo’nalishni ko’rsatishimiz kerak. Esingizda bolsa, pinsetni umuman ishlatmang degan edik, shu sababli endi o’sayotgan notekis qosh sochlarini shaffof gel bilan sochlaringizni taraganday tarab, ishlov bering.

Qoshingizni to’liq o’sgunicha yashiring

Qoshlaringiz sekin o'sayotgan bo'lsa va ularning ko’rinishi sizga umuman yoqmasa, ulardan e'tiborni tortish usullaridan foydalaning. Masalan, o’zingizga mos keladigan, uzunroq cho’lka (peshanagajak) qirqing. Labingizni yorqin lab bo'yog'i bilan bo’yang. Esingizda bo’lsin, qoshlarga yaqin joylashgan o'tkir chiziqlar faqat ularga e'tibor qaratadi, shu sababli qosh tepasidan tekis cho’lka qirqmang.

Qoshingizni xna yoki kraska bilan bo'yab ko'ring

Qoshlar go’zalligi hayotni o'zgartiradi. Kamida ikki haftaga bo’lsa ham. Qoshlarning sizga mos keladigan shaklini chiqarib berish uchun mutahassisga murojaat qilgan yaxshiroq. Bu to'g'ri rolni tanlashga yordam beradi, bo'yoqni ajratib turmaydi va kerakli shaklni chizadi. Uzoq rang saqlovchi kraska yoki xna tanlashda yordam beradi.

Qoshlaringiz shaklini aniqlang

Bir necha oydan so’ng natijani sezasiz - qoshlaridagi sochlar uzunroq va qalinroq bo’ladi, shunda shaklini aniqlash kerak. Qoshlarga to’g’ri keladigan shaklini aniqlash uchun, taniqli shaxslarning fotosuratlarini ko’rib chiqing. Portret o'xshashlik emas, balki yuzning shakli, peshonaning balandligi, yuz o'lchami va kesilishi taqqoslang. Agar yuzingiz keng va ko'zlaringiz katta bo'lsa, qalin qoshlaridan qo'rqmang. Agar yuz chiziqlaringiz kichik bo’lsa, katta qoshlar, aksincha, yuz ifodasini qo’pollashtiradi. Asosiysi muvozanatni saqlash kerak. Buning uchun bolalikdagi fotosuratlaringizni ko’rib chiqing, tabiatan sizga berilgan qosh sizga eng mos keladigan qosh hisoblanadi, o’sha shaklni mukammalroq ko’rinishini ifodalashga harakat qiling.

manba: elle.ru

Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.