Salomatlik Goʼzallik Ultrabinafsha nurlar, kosmetika va ko‘z ostida halqalar paydo bo‘lishiga olib keladigan 5 sabab

Ultrabinafsha nurlar, kosmetika va ko‘z ostida halqalar paydo bo‘lishiga olib keladigan 5 sabab

O'qildi: 343


Ultrabinafsha nurlar, kosmetika va ko‘z ostida halqalar paydo bo‘lishiga olib keladigan 5 sabab

Ko‘z ostida ko‘karish va halqalar tashqi ko‘rinish bilan bog‘liq eng ko‘p tarqalgan muammolardan biri hisoblanadi. “Domashniy ochag” nashri uning paydo bo‘lishi sabablari haqida ma’lumot berib o‘tadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Irsiyat

Ko‘z ostidagi halqalar nasldan o‘tgan bo‘lishi ham mumkin. “Oilalarda ko‘z ostida ko‘karishlar paydo bo‘lishiga olib keladigan irsiy xususiyatlar bo‘lishi mumkin”, — deydi Nyu-Yorkdagi Mount Sinai kosmetologik va jarrohlik shifoxonasi rahbari. Agar bu pigmentatsiya bo‘ladigan bo‘lsa, dermatologlar buni maxsus lazer bilan bartaraf qilishi mumkin.

Ekzema

Ekzema o‘z-o‘zidan halqalarning keltirib chiqarmaydi, ammo qichima va ishqalashlar bunga sabab bo‘lishi mumkin. Dermatologning tushuntirishicha, qichiyotgan teriga teginish shish va yallig‘lanishning ortishiga olib keladi va bu ko‘z ostidagi qon tomirlari shikastlanishini keltirib chiqarishi mumkin.

Allergiya

“Allergiya tufayli aksariyat hollarda organizmdagi erkin gistaminlar miqdori ko‘payadi. Bu esa o‘z navbatida kapillyarlarning kengayishiga olib keladi”, – deydi shifokor Benk. Ko‘z ostidagi teri yupqa ekani hisobiga u yerdagi qon tomirlarning kengayishi yuzning boshqa qismlariga nisbatan to‘qroq bo‘lib ko‘rinadi. Shu sabab ham allergiya simptomlariga befarq bo‘lmaslik, darhol zaruriy choralarni ko‘rish tavsiya qilinadi.

Makiyaj

Tush, ten va konsilerdan foydalanish terini zo‘riqtirishi, bu esa ko‘z ostining ko‘karishiga olib kelishi mumkin. Ayrimlarda zo‘riqqan teriga hadeb teginaverish oqibatida bu kabi kosmetik vositalar allergik reaksiya keltirib chiqarishi, shundan keyin esa ko‘z ostida halqalar paydo bo‘lishi mumkin. Shu sabab ham diskomfort his qilishingiz bilan kosmetik vositani almashtirish tavsiya qilinadi.

Yuz tuzilishi

Ko‘z ostidagi halqalarga teri ahvoli emas, yuz tuzilishi sabab bo‘lishi mumkin. Ba’zilarda ko‘z ostidagi soha tabiatan shunday bo‘ladi va vaqt o‘tishi bilan qorayadi. Pigmentatsiya va tomirlarning bunga hech qanday aloqasi yo‘q. Ushbu muammoni kosmetologik klinikada fillerli inyeksiya bilan bartaraf qilsa bo‘ladi.

Qon tomirlar

Ko‘z ostidagi terining yupqaligi sabab qon tomirlar ko‘zga tashlanib turadi. Ko‘kish rangda bo‘lgani sabab halqalar paydo bo‘lgandek ko‘rinadi. Bu esa ko‘karish emas, shunchaki kapillyar bo‘ladi.

Ultrabinafsha nurlar

Quyosh nuri ostida haddan ortiq ko‘p sayr qilish ham ushbu muammoni keltirib chiqarishi mumkin. Ko‘z ostidagi sohaning nozik ekani hisobiga quyosh nurlari qon tomirlarning kengayishiga olib keladi. Oqibatda qora halqalar paydo bo‘ladi. Aynan shu sabab ham SFP kremdan foydalanishni kanda qilmaslik kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.