Salomatlik Goʼzallik Tashqi ko‘rinishingizga putur yetkazadigan kundalik odatlar

Tashqi ko‘rinishingizga putur yetkazadigan kundalik odatlar

O'qildi: 135


Tashqi ko‘rinishingizga putur yetkazadigan kundalik odatlar

Insonning yuzi uning turmush tarzi, jumladan, odatlari haqida ko‘p narsalarni aytib berishi mumkin. O‘zingizga zararsizdek ko‘ringan odatlar yuzda qanday belgi beradi?Kun sayin qaysi odatlar yoshlik va go‘zalligingizni o‘g‘irlashi xususida yozmoqda Marie Claire nashri.

Gadjetlardan foydalanganda bo‘yinning noto‘g‘ri holati

Bu, birinchi navbatda, bo‘yinda yukning ko‘payishi bilan bog‘liq. Biz gadjetlarda ko‘p vaqt sarflaymiz, bu esa bo‘yin osteoxondrozning rivojlanishiga va umuman olganda holatining o‘zgarishiga olib keladi. Bo‘yin sohasidagi mushaklar haddan tashqari zo‘riqadi va spazmga uchraydi, qon tomirlari siqiladi. Yuzda bu sarg’ayish, shish va ko‘z ostidagi qora doiralar shaklida aks etadi.

E’tibor bering, bo‘yin mushaklari eng kuchli va eng katta mushaklardan biridir. Haddan tashqari stress vaqtida ular yuzning mushaklarini tortadi. Bu yuzdagi yoshga bog‘liq o'zgarishlarni keltirib chiqaradi: ikkinchi iyak va yonoqning paydo bo‘lishi, osilgan ko‘z qovog'ining shakllanishi, peshonadagi ajinlar va burun-lab burmalarning chuqurlashishi kabi.

Foto: Marie Claire

 

Nima qilish kerak?

Ishda o‘rningizni qulay joylashtiring. Kompyuterda ishlayotganda, monitor balandligini sozlang — ekran ko‘z darajasida bo‘lishi kerak. Telefon yoki planshetdan foydalanganda, boshning egilishi minimal bo‘lishi uchun ularni ham shunday tuting.

Agar ish gadjetlardan foydalanishni taqozo etsa, tanaffus qilishni unutmang. O‘rtacha, har bir yarim soatdan ikki soatgacha 10-15 daqiqa davomida tanaffus qiling. Profilaktik chora sifatida bo‘yinni muntazam ravishda massaj qiling.

Haddan tashqari takrorlanadigan yuz ifodalari

Bularga asosan nazorat qilish juda qiyin bo‘lgan yuz harakatlari kiradi. Masalan, qosh uchirish, lab burish, yonoqni chimchilash va qosh chimirish odatlari. Bu odatlarning barchasi yuzda ajin paydo bo‘lishiga va chuqurlashishiga yordam beradi. Ko‘pincha ular ko‘z va peshonada paydo bo‘ladi, ya’ni mushaklar muntazam ravishda haddan tashqari kuchlanish bo‘lgan joylarda.

Faol yuz ifodalari o‘smirlik davridanoq odatga kiradi. Bu yoshdagi eng keng tarqalgan odatlardan biri bu ko‘zlarni qisib qo‘yishdir(bu “a’lochi sindromi” deb ataladi). Ko‘z qisib qo‘yish odati boshqa narsalar qatorida ko‘rish qobiliyatining past darajasi bo‘lishi ham mumkin. Ammo bu holda ko‘zlari atrofida qarg‘a oyoqlarining erta paydo bo‘lishi ta’minlanadi. Peshonadagi ajinlar esa 20-25 yoshda hosil bo‘ladi.

Terini noto‘g‘ri terini parvarish qilish, quyosh nurining me’yordan ortig‘i va muvozanatsiz ovqatlanish yuzning mimik ajinlar muammosini kuchaytiradi.

Foto: Marie Claire

 

Nima qilish kerak?

Albatta, xayolga kelgan birinchi narsa — botulinum terapiyasi. Botoks va botulinumga asoslangan boshqa preparatlar sizga yuz mushaklarining faol ishini vaqtincha blokirovka qilishga va peshonadagi ajinlardan xalos bo‘lishga imkon beradi.

Bunday muolajaga tayyor bo‘lmaganlar uchun botulinumga o‘xshash ta’sirga ega dorilar bilan mezoterapiya yoki tinchlantiruvchi ta’sir komponentlarini o‘z ichiga olgan maxsus suyuqlikdan foydalanishingiz mumkin. Bunday mahsulotlarni elektroporatsiya kabi instrumental usullar yordamida terining chuqur qatlamlariga yuborsa bo‘ladi.

Sovuqda bosh kiyimsiz yurish

Onangizning so‘zlarini eslang: “Shapka kiy yo‘qsa, sochsiz qolasan yoki shamollaysan”. Va u haq!Avvalo, bunda sog‘lig‘ingiz xavf ostida bo‘ladi. Sovuqda bosh kiyim kiyishdan bosh tortish meningokokk infeksiyasini keltirib chiqaradi. Bu sog‘liqqa jiddiy zarba. Bunday ehtiyotsizlik soch to‘kilishiga olib kelishi mumkin. Sovuq tufayli soch follikulalarini oziqlantiruvchi qon tomirlari spazmga uchraydi. Natijada jadvalga ko‘ra hali erta bo‘lgan sochlar to‘kila boshlaydi.

Foto: Marie Claire

 

Nima qilish kerak?

Kiyish uchun zamonaviy “shapka” tanlang va ob-havo prognozini kuzatib boring.

Uyqu yetishmasligi

Uyqu — yoshartiruvchi eng qulay vositalardan biridir. Sirkad ritmlariga muvofiq yotsangiz — soat 23:00 dan oldin — uzoq vaqt davomida yoshlik va go‘zallikni saqlab qola olasiz. Aynan tunda organizm hujayralari, shu jumladan, teri faol yangilanadi.

Soat 23:00 dan 1:00 gacha buyrak usti bezlari tiklanadi, ularning gormonlari terining holatiga ham ta’sir qiladi. Uyqu yetishmasligi kortizol darajasining oshishiga olib keladi, bu stress gormoni teri va sochlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu toshmalar paydo bo‘lishi, teri jozibasini yo‘qolishi, rangining yomonlashishi bilan yakunlanadi.

Foto: Marie Claire

 

Nima qilish kerak?

Sakkiz soatlik uyqu to‘liq tiklanish uchun zarurdir. Epifiz bezi yoshlik va go‘zallik gormonini ishlab chiqaradigan soat 22:00 dan 3:00 gacha bo‘lgan eng qimmatli uyqu soatlarini o‘tkazib yubormang.

Uyqu bilan bog'liq muammolar bormi?Ularni darhol hal qiling. 40-45+ yoshda uyqusizlik sabablaridan biri gormonal buzilishlar, 20-30 yoshda — turmush tarzi bo‘lishi mumkin. Yotishdan oldin faol sport mashqlari(krossfit kabi), spirtli ichimliklar, qahva va achchiq qora choy ichish, chekish, gadjetlardan foydalanish tavsiya etilmaydi.

Limonli melisa choyidan bir piyola iching, iliq vanna qabul qiling oling, yoqimli film tomosha qiling — shunda uyqu sog‘lom bo‘ladi.

Tez-tez yuzga teginish

Ko‘pchiligimiz bilmagan holda yuzimizga soatiga 25 marta qo‘l tegizamiz!Aksar hollarda terida yallig‘lanish elementlarining paydo bo‘lishi aynan shu yomon odat bilan bog‘liq. Qo‘llarda husnbuzar, hatto, furunkuloz va karbunkulozga olib kelishi mumkin bo‘lgan juda ko‘p turli xil mikroblar mavjud. Infeksiya tarqalishi allaqachon husnbuzar mavjud bo‘lgan joylarga teginish orqali ham osonlashadi.

Foto: Marie Claire

 

Nima qilish kerak?

Yuzingizga tegizish sonini yozib borishga harakat qiling va qo‘lingizni yuving. Bu oddiy ko‘rinadigan usullar juda samarali. Nima uchun ongsiz ravishda yuzingizga tegishingizning sabablarini o‘rganing. Ko‘pincha bu stressdan bo‘lib, muammoni hal qilish orqali qo‘llaringiz bilan yuzingizga kamroq tegish darajasini pasaytiradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.