Muzli vanna, meditatsiya va ochlik: Muvaffaqiyatli kishilarning foydali odatlari
Nafaqat ishni, balki kunni to‘g‘ri rejalashtirish va salomatlikka e’tibor berish muvaffaqiyat garovi sanaladi.
Jek Dorsi
Foto: “Domashniy ochag”Twitter va Square’ning asosiy rahbari tongni meditatsiya bilan qarshi oladi. Jek zamonaviy kouchlar ilgari suradigan qandaydir mo‘jizaga ishonmaydi, shunchaki bir lahza o‘zi bilan yolg‘iz qolish unga bugun bajarilishi muhim bo‘lgan ishlarga diqqat qilishga yordam beradi. Qolaversa, meditatsiya u bir necha yil avval voz kechgan nonushta o‘rnini bosadi. Bu hali hammasi emas, Dorsi tushlik ham qilmaydi, faqatgina 18:30 va 21:00 oralig‘ida tanovul qiladi xolos. U biroz ochlik uning hushyor idrok qilishi va sergaklikni saqlashga yordam berishiga ishonadi.
Opra Uinfri
Foto: “Domashniy ochag”Qiziqarli va shov-shuvlarga boy intervyulari bilan mashhur bo‘lgan teleboshlovchi ham o‘ziga xos qoidalarga amal qiladi. Uyqudan soat yettida uyg‘onadigan Opra ham meditatsiya bilan shug‘ullanadi. Faqat uniki boshqalarnikidan biroz farq qiladi. Rita har kuni o‘ziga yoqadigan va kayfiyatiga to‘g‘ri keladigan yangi she’rni ovoz chiqarib o‘qiydi. Dengiz, ingliz tuzi qo‘shilgan vanna qabul qilish bilan esa kunga yakun yasaydi.
Gvinet Peltrou
Foto: “Domashniy ochag”Tabletka va plastik operatsiyalarga qarshilik qiladigan yulduz to‘g‘ri ovqatlanish va vitaminlarni qabul qilishni afzal biladi. U bir yilda bir marta immunitetni mustahkamlaydigan, teri ahvoli va energiyaga boy bo‘lishni yaxshilaydigan tomchili ukol kursini oladi.
Mark Uolberg
Foto: “Domashniy ochag”Mark odatda soat 2:30da uyg‘onadi. Kuniga ikki marta mashq qiladi, golf o‘ynaydi. Haftada bir marta kriokamera — harorat keskin 60 darajagacha pasayadigan kabinaga kiradi. Bir daqiqada odam muzlashga ulgurmaydi, ammo miyaga xavf haqida signal yetib boradi. Isishga uringan organizm yog‘ va kaloriyani eritishni boshlaydi. Bu vazn tashlash va tetiklashishga yordam beradi.
Sheril Sandberg
Foto: “Domashniy ochag”Facebook’ning operatsion rahbari muvaffaqiyatga erishgan kishilarning deyarli barchasi amal qiladigan erta turishni ma’qullamaydi. Sheril tiniqib uxlaganidan keyin “budilnik” yordamisiz uyg‘onadi. Farzandlari bilan sayr qilganidan so‘ng, ofisga boradi va soat 17:30ga qadar ishlaydi. Qandaydir qoidalarga amal qilishga zaruriyat yo‘q deb biladigan ayolning go‘zalligi siri tiniqib uxlash bilan bog‘liq.
Manba