Salomatlik Goʼzallik Ajinlar va husnbuzarlar: Parhezdan keyin terida paydo bo‘ladigan muammolar va ulardan qanday xalos bo‘lish mumkin?

Ajinlar va husnbuzarlar: Parhezdan keyin terida paydo bo‘ladigan muammolar va ulardan qanday xalos bo‘lish mumkin?

O'qildi: 271


Ajinlar va husnbuzarlar: Parhezdan keyin terida paydo bo‘ladigan muammolar va ulardan qanday xalos bo‘lish mumkin?

Vazn yo‘qotishning afzalliklari bilan birga o‘z kamchiliklari ham bor. Masalan, bunday holatda ajinlar va boshqa teri bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi mumkin. The Voice nashri parhezdan keyin paydo bo‘ladigan teri bilan bog‘liq muammolar va ulardan xalos bo‘lish bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi.

Foto: “Yandeks.ru”

Ortiqcha vaznni yo‘qotganimizdan so‘ng ko‘proq energiyaga ega bo‘lamiz, biroq yuz terisi qarib qolganga o‘xshab ko‘rinadi, bu esa tananing o‘zgarishlarga qarshi turishini ko‘rsatadi.

Sababi teri ostidagi yog‘ yuzning yoshroq ko‘rinishiga yordam beradi, buni turli vazn toifalaridagi insonlarning fotosuratlarini solishtirib ko‘rganda sezish mumkin. Agar teridagi yog‘dan qutulsangiz, bu sizning yoshroq ko‘rinishingizga ham ta’sir ko‘rsatadi.

Yuz terisi biroz osilib qolishi mumkin

Bunday hollarda jag‘ qismidagi teri osilib qolishi keng tarqalgan muammo hisoblanadi. Terida yog‘ miqdori kamayishidan tashqari, kollagen va elastin miqdori ham kamayadi, biroq ularni retinol va peptidlarni o‘z ichiga olgan krem ​​bilan tiklash mumkin.

Mayda ajinlar paydo bo‘ladi

Vazn yo‘qotgandan keyin terida mayda ajinlar ham paydo bo‘ladi. Ulardan xalos bo‘lishga namlantiruvchi kremdagi gialuron kislotasi yordam beradi.

Ko‘z ostidagi doiralar

Ko‘z ostidagi yog‘ hujayralari qon tomirlarini yashirishga yordam beradi. Agar “niqoblash” yo‘qolsa, ko‘z ostidagi doiralar ko‘rinadigan bo‘ladi. Bunday holatda mutaxassislar tarkibida retinol va gialuron kislotasi bo‘lgan kremni tavsiya qiladi va agar muammo davom etsa, kosmetologning oldiga borish kerak.

 Husnbuzarlar

Teri yallig‘lanishga moyil bo‘lmasa ham, husnbuzarlar to‘satdan paydo bo‘lishi mumkin. Ularni maxsus vositalar yordamida davolash mumkin, shuningdek, oqsilli kokteyllar ham bu borada foydali hisoblanadi. Bundan tashqari, teshiklarni yopmaydigan salitsil kislotasi va namlovchi spreylar ham yordam beradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.