Tabiiy makiyaj, poshnali poyabzal: Yoshroq ko‘rinishga yordam beradigan 9 ta universal maslahat
Kiyim-kechak hayotimizning kundalik atributi hisoblanadi. Deyarli har bir insonning garderobida barcha holatlarda: ish, uy, tantanali marosimlarda yoki sport tadbirlarida kiyiladigan kiyimlar mavjud. Shuni ta’kidlash kerakki, kiyim tashqi ko‘rinishingizni yaxshi yoki yomon tomonga o‘zgartirishi mumkin. Wday nashri yoshroq ko‘rinishga yordam beradigan kiyinish borasidagi maslahatlarni taqdim etdi.
Foto: WdayQora rangdagi liboslarni kamroq kiying
Qora rangdagi liboslar garderobda alohida ahamiyatga ega, shuning uchun ulardan voz kechish qiyin. U nozik, har qanday vaziyatga mos keladi va nafislik beradi, lekin ayni paytda bu rang vizual ravishda yoshga yosh qo‘shib ko‘rsatadi.
Qora rang teri kamchiliklarini, masalan, ajinlarni yanada aniqroq qilib ko‘rsatadi. Garderobingizga yorqin, uncha to‘q bo‘lmagan ranglardagi liboslarni qo‘shish va aksessuarlar yordamida umumiy qora rangdagi obrazga yorqin aksessuarlarni qo‘shish tavsiya etiladi.
Trenddagi modalarni kuzatib boring
Bugungi kunda moda yoshlar tomonidan belgilanadi. Agar yoshroq ko‘rinishni istasangiz, trenddagi kiyimlarni kiyishdan qo‘rqmang. O‘zingizda har doim eng so‘nggi trenddagi narsalarni sinab ko‘ring. Bu kabi ajoyib narsalar vizual ravishda sizni yoshroq ko‘rsatishi mumkinligini bilib olasiz.
Foto: WdayQomatingizni yashirmang
Yillar davomida ko‘plab ayollar o‘zlarining qaddi-qomatlarini uzun yubkalar, yenglar va yoqalar bilan yashirish uchun qo‘llaridan kelganicha harakat qiladi va bu esa ularning yoshini yanada aniqroq ko‘rsatib qo‘yadi. O‘zingizning kuchli tomonlaringizni ko‘rsatishga shoshilmang.
Kamroq hajmli zargarlik buyumlari
Massiv zargarlik buyumlari nafis va chiroyli ko‘rinadi, biroq bu yoshroq ko‘rinishga ta’sir qilishi mumkin. Obrazga yorqinlik va joziba berish uchun siz kerak katta hajmli zargarlik buyumlardan foydalaning.
Poshnali poyabzal
Oyoq kiyimingiz qanchalik sodda va oddiyroq bo‘lsa, yoshingiz shunchalik kattaroq ko‘rinadi. Bu asosan tekis poyabzallarga tegishli. Krossovkalar qulay bo‘lishi mumkin, lekin siz uchun yoshroq ko‘rinish muhim bo‘lsa, poshnali poyabzallarni kiyganingiz ma’qul. Ingichka poshnali oyoq kiyimlarni kiyish shart emas, hatto past poshnali klassik oyoq kiyimlar ham ajoyib ko‘rinadi.
Foto: WdayZamonaviy detallarsiz retro kiyimlarni kiymang
Hammaga ma’lum, moda davrga bog‘liq. Urfdan qolgan kiyimlarni ham kiyish vaqti keladi. Biroq bunday holatda kiyimlarga qo‘shimcha ravishda zamonaviy detallardan foydalangan ma’qul.
Shaklsiz kiyimlarni kiymang
Yosh o‘tishi bilan ko‘plab ayollar sviter va pidjaklarni kiyib, doimiy ravishda o‘zlaridagi ma’lum kamchiliklarni izlaydi. Agar shakli aniq bo‘lgan kiyimlarni kiymasangiz, bu sizni yoshroq ko‘rsatmasligi va semizroq ko‘rsatishi mumkin.
Kardigan kiymang
Kamdan-kam istisnolardan tashqari, garderobdagi bu kiyim xarajatlarni kamaytirishi bilan birga, yoshingizni kattaroq ko‘rsatishi mumkin. Bu isinishning qulay usuli bo‘lsa-da, kardigan qomatingizni aniq ko‘rsatmaydi. Bundan ham yomoni, kardiganning bog‘ichini bog‘lasangiz, bu ham sizning qomatingizni to‘lacharoq qilib ko‘rsatishi mumkin. Uning o‘rniga pidjak, kurtka yoki toltovka kiying.
Foto: WdayKo‘proq tabiiy makiyajdan qiling
Ko‘p miqdorda kosmetika, konturlardan, to‘q rangli rumyana va boshqa juda aniq makiyaj fokuslari yoshingizga yosh qo‘shib ko‘rsatishi mumkin. Tonal kremlarning zich to‘qimalari va kosmetikaning ko‘p qatlamlari faqatgina terining nomukammalligini aniqroq ko‘rsatib beradi. Yorqin ranglardan foydalanib, ko‘proq tabiiy makiyaj qilish sizni yoshroq ko‘rsatishi mumkin.
Manba