Salomatlik Goʼzallik Noto‘g‘ri uxlash, niqoblardan ko‘p foydalanish: yuz terisini qaritadigan 5 ta odat

Noto‘g‘ri uxlash, niqoblardan ko‘p foydalanish: yuz terisini qaritadigan 5 ta odat

O'qildi: 288


Noto‘g‘ri uxlash, niqoblardan ko‘p foydalanish: yuz terisini qaritadigan 5 ta odat

Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanish, suyuqlik balansini saqlash, ko‘p suv ichish yuz terisining holatini yaxshi saqlovchi odatlar hisoblanadi. Biroq bu yetarli emas, bir qancha kundalik odatlar terini tiklab bo‘lmaydigan darajada qarishiga olib keladi. “Noviy ochag” nashri shu haqdagi ma’lumotlarni taqdim etdi.

Terining barcha qismini himoya qilmaslik

Foto: “Yandeks.ru”

Dermatologlarning ta’kidlashicha, quyoshdan himoyalovchi kremni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash taxminan terining 10 dan bir qismini himoya qilmasligi mumkin.  Bunday holatda yuz terisining 10 dan bir qismi ultrabinafsha nurlanishidan himoyalanmagan bo‘ladi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun, birinchi navbatda, kremni yuzning eng “xavfli” joylariga qo‘llang: ko‘z atrofidagi teri, burun ustiga, soch o‘sishi mumkin bo‘lgan teri va quloqlar yaqiniga — bu ko‘pincha himoyasiz qoladigan  joylar hisoblanadi. Ikkinchidan, quyoshdan himoya qiluvchi kremlarning to‘g‘ri so‘rilishi va ishlay boshlashi uchun kamida 20 daqiqa vaqt ketishini unutmang. Himoyalovchi vositani qo‘llaganingizdan keyin 20 daqiqa davomida yuzingizga tegmang.

Niqoblardan ko‘p foydalanish

Foto: “Noviy ochag” 

Haftada bir yoki ikki marta teringizga zarar bermasdan turli xil go‘zallik niqoblarini qilishingiz mumkin. Alfa gidroksi kislotalar, glikolik kislota va salitsil kislotasi, deyarli har qanday mahsulotda mavjud bo‘lgan ingrediyentlar, agar juda tez-tez ishlatilsa, terini tirnash xususiyati keltirib chiqarishi, shuningdek, yog‘ ishlab chiqarishning ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Bu niqoblardan foydalanish terining qarishini tezlashtiradi.

Ko‘p qahva ichish

Foto: “Noviy ochag”

Kofein — ajoyib mahsulot va haqiqatan ham ko‘zlarning yorqinroq porlashi va teri mustahkam ko‘rinishga kelishiga yordam berishi mumkin. Biroq kuniga 300 milligramm kofe ichish teringizning go‘zalligi va yoshligini saqlab qolishi mumkin bo‘lgan maksimal miqdor hisoblanadi. Bu miqdordan ortiq qahva ichish ham terini qarituvchi sabablardan biri bo‘ladi.

Noto‘g‘ri uxlash

Foto: “Yandeks.ru”

Uyqusizlik yuz terisiga zararli ekanini ko‘pchilik biladi. Agar kuniga sakkiz-to‘qqiz soat yaxshi uxlasangiz ham, yuzingizni yostiqqa qo‘yib, yon tomonlama yoki qorningiz bilan uxlashga odatlangan bo‘lsangiz, teringizni xavf ostiga qo‘yishingiz mumkin. Birinchidan, bunday odat tufayli terida burmalar va ajinlar paydo bo‘ladi, ikkinchidan, yostiqda xavfli bakteriyalar bo‘lishi natijasida teriga tushishi va yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin. Chalqancha uxlashni o‘rganing yoki yostiq jildini kamida har uch kunda almashtirishga odatlaning.

Qoshni noto‘g‘ri terish

Foto: “Yandeks.ru” 

Tuklar terining tagida sinishi yoki terida o‘sishi mumkin — bularning barchasi terining yallig‘lanishiga olib keladi. Yaxshi pinset yoki yopishqoq mum qoshlaringizni aniq va xavfsiz shaklga keltirish uchun mukammal vosita hisoblanadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.