Kipriklarning to‘kilishiga nima sabab bo‘ladi va qanday qilib ularni tez o‘stirish mumkin?
Odatda, har kuni to‘rt dona kiprigimizni yo‘qotamiz. Biroq kipriklar tez to‘kilib, ingichkalashib qolsa, qanday yo‘l tutish mumkin?Xavotirga o‘rin yo‘q, kipriklarning to‘kilishini to‘xtatish va ularning o‘sishini tezlashtiruvchi bir qancha usullar mavjud.
Foto: “Noviy ochag”Birinchi sabab — allergiya
Allergiya qizarish, qichishish, yoshlangan ko‘zlar yoki boshqa aniq alomatlar bilan yuzaga chiqishi mumkin. Biroq shunday alomatlar ham kuzatiladi, masalan, to‘g‘ri tanlanmagan tush hech qanday noqulaylik tug‘dirmasa-da, reaksiya beradi, bu esa kipriklarning to‘kilishiga sabab bo‘ladi. Agar kirpiklarning to‘kilishidan oldin tushni yangisi bilan almashtirgan bo‘lsangiz yoki aksincha, sizning tushingiz 3 oydan ortiq ishlatilgan bo‘lsa, bu allergiya bo‘lishi mumkin.
Qanday yo‘l tutish kerak?
Hech bo‘lmaganda bir hafta davomida hech qanday tushdan foydalanmang. Bunday holatda ko‘zingizga allergiyaga qarshi tomchilarni tomizishingiz mumkin. Keyin yangi, sinalgan tushni sotib oling.
Ikkinchi sabab — qo‘lingizni yaxshi yuvmaysiz
Hamma ko‘zini ishqalaydi, biroq qo‘lni yaxshi yuvmasdan ko‘zni ishqalash, mikro yallig‘lanish jarayonini qo‘zg‘atadigan infeksiyani osongina keltirib chiqarishi mumkin. Agar ko‘zingizni tez-tez ishqalasangiz, undang qon-tomirlar sezilarli darajada ko‘rinib qoladi va ko‘z, kipriklar orasidagi ingichka teri chizig‘i qizarib ketadi.
Qanday yo‘l tutish kerak?
Ko‘zingizdagi barcha kosmetik vositalar qoldig‘ini yuvib tashlang va yallig‘lanishga qarshi tomchilarni tomizishni boshlang. Agar ko‘zingizning holati ikki kunda yaxshilanmasa, shifokorga murojaat qiling.
Uchinchi sabab — kipriklaringizni qayirasiz
Kipriklarni qayiruvchi vositalardan foydalansangiz, kipriklarning ildizi shikastlanadi. Agar siz ushbu vositani haftada bir martadan ko‘proq ishlatsangiz kipriklar to‘kilishi mumkin.
Qanday yo‘l tutish mumkin?
Iloji boricha kiprikni qayiruvchi vositalardan foydalanmang.
To‘rtinchi sabab — qalqonsimon bez yaxshi ishlamaydi
Agar kiprik va soch to‘kilishi bir vaqtda kuzatilsa, bu sizning qalqonsimon bezingiz juda ko‘p gormonlar ishlab chiqarayotganidan darak beradi.
Qanday yo‘l tutish kerak?
Qalqonsimon bez gormonlari uchun qon topshiring. Agar sog‘lig‘ingizda qanaqadir muammolar bo‘lsa, shifokor yozib bergan dorilarni qabul qiling.
Beshinchi sabab —alopesiya
Agar siz alopesiyani bosh terisi kasalligi deb o‘ylagan bo‘lsangiz, adashdingiz. Alopesiyaning bir nechta turlari mavjud bo‘lib, ular orasida kiprik va qosh to‘kilish alomati kuzatiladigan turlari ham bor.
Qanday yo‘l tutish kerak?
Bu alopesiyaga chalinganingizning ehtimoli bor degani emas, biroq sizda boshqa alomatlar bo‘lmasa ham, trixologga murojaat qiling.
Manba