Salomatlik Goʼzallik Koʻz ostida qora dogʻlar paydo boʻlishining 8 ta sababi

Koʻz ostida qora dogʻlar paydo boʻlishining 8 ta sababi

O'qildi: 326


Koʻz ostida qora dogʻlar paydo boʻlishining 8 ta sababi

Koʻz ostida qora dogʻlarning hosil boʻlishi faqat uyqusizlik, charchoq va yosh bilan bogʻliq emas. Qora dogʻlarning turli sabablari bor. Yaxshiki, bu sabablarning koʻpchiligini osongina yoʻq qilish orqali koʻz ostidagi qora dogʻlardan xalos boʻlishning iloji bor, deb yozadi “Noviy ochag“ nashri.

Yonboshlagan holda yoki qorin bilan uxlash

Yetarlicha uxlasangiz ham, ertalab koʻzguda “notanish panda”ni koʻryapsiz. Bunga sabab nima?Notoʻgʻri holatda yonbosh yoki qorin bilan uxlash. Chalqancha uxlashni oʻrganing. Ertalab yuzingiz shishib ketgandek koʻrinsa, koʻzlaringiz atrofida chiziqlar paydo boʻlsa, boshingizni baland koʻtarib turishi uchun katta yostiq sotib oling.

Ultrabinafsha nurdan zararlanish

Agar ultrabinafsha nurlaridan himoyalanmagan holda koʻchaga chiqishga odatlangan boʻlsangiz, kun kelib koʻzlar pastida qora dogʻlar paydo boʻlishini kuting. Bu yerda oddiy pigmentatsiya ishini bajaradi, boshqa hech narsa.

Tuz yoki kofeinni koʻp isteʼmol qilish

Tushlik paytidagi juda shoʻr taomlar ertalab uygʻonganda koʻzlaringiz ostida sezilarli qora qopchalar paydo qiladi. Chunki buyraklar tun boʻyi favqulodda holat rejimda ishlagan boʻladi. Xuddi shu taʼsir kofeinning kuchli dozalarini isteʼmol qilishganda seziladi.

Toʻgʻri tanlanmagan kosmetika

Ha, ha, albatta, kosmetika yuzdagi kamchiliklarni yopib koʻrsatishi kerak, faqat u toʻgʻri tanlangan boʻlsagina foydali. Pardozlash sumkasidagi biron bir mahsulot sizga mos kelmasa, terida tirnalish xususiyati va hatto, qorayishi sezilishi mumkin. Bundan tashqari, qora dogʻlar nafaqat sizga mos kelmaydigan teri mahsulotlaridan, balki sifatsiz tush yoki koʻz qalamidan ham paydo boʻlish ehtimoli yoʻq emas.

Koʻzni koʻp ishqalash odati

Koʻzlarni qanchalik tez-tez ishqalasangiz yoki qichisangiz, qora dogʻlar paydo boʻlish xavfi shunchalik yuqori boʻladi. Biror sababga koʻra koʻz atrofida qichishish va tirnalish xususiyatini his qilsangiz, iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qiling, balki, koʻz infeksiyalaridan birining belgisidir.

Kompyuterda uzluksiz ishlash

Kompyuter qarshisida koʻp vaqt oʻtirishga toʻgʻri kelsa, bu koʻz atrofida joylashgan qon tomirlar yukini koʻpaytiradi, natijada ular kengayadi. Shu bois ularning yonidagi teri quyuqroq rangda koʻrinadi. Bunga yoʻl qoʻymaslik uchun imkon qadar tez-tez kichik tanaffuslar qiling: kamida yarim daqiqa. Koʻzlaringizga dam olish va tiklanish imkoniyatini bering.

Suyuqlikni ushlab turish

Koʻzlar ostida qora dogʻlar paydo boʻlishining eng keng tarqalgan sababi tanadagi suyuqlikning normal aylanishining buzilishidir. Bunga gormonlar bilan bogʻliq muammolar, muntazam shoʻr taomlar isteʼmoli, buyrak, qalqonsimon bez, yurak faoliyatining buzilishi, hatto, ob-havoning oʻzgarishi ham sabab boʻlishi mumkin(masalan, nam issiqlik koʻz ostida qora dogʻlar paydo boʻlishi uchun juda qulay sharoit).

Allergiya

Koʻz ostidagi qora doiralarning yana bir sababi — umumiy allergiya. Birinchidan, bemorlar koʻpincha qichishish yoki quruqlikdan xalos boʻlish uchun koʻzlarini ishqalaydilar, ikkinchidan, allergiya xuruji paytida organizm koʻp miqdorda gistaminlar ishlab chiqaradi, bu qon tomirlarni, jumladan koʻz ostida joylashgan mayda kapillyarlarni kengaytiradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.