Yostigʻingiz qalqonsimon bez va oshqozon kasalliklarini aniqlashga yordam beradi
Bilasizmi, uyqudagi holatimiz ham sogʻligʻimiz haqida koʻp narsalarni ayon qiladi. Baʼzan organizm koʻmakka muhtojligini tasodifan bilib olish mumkin. Bu bir qarashda zararsizdek tuyulsa-da, terining namlik balansi kamayishi, sochning muayyan rangi oʻzgarishi kabi mayda oʻzgarishlar sodir boʻlganda shifokor huzuriga borish kerakligi xususida avvalgi maqolalarda eslatib oʻtganmiz. Sogʻligʻimizning yana bir oʻziga xos barometri — bu uyqu vaqti. Hayotimizning uchdan bir qismini uyqu bilan oʻtkazamiz, gohida yostiq va koʻrpa yordamga muhtoj ekanligimizning ilk guvohi boʻladi. Ular nima “demoqchiligini” quyida bilib olasiz, deb yozadi “Noviy ochag” nashri.
Yostiqdagi dogʻlar
Vaqti-vaqti bilan deyarli hamma ertalab yostigʻida so‘lak dogʻlarini uchratadi. Uyqu vaqtida mushaklar boʻshashganda yostiqqa soʻlak oqishi normaldir. Agar bu holat tez-tez takrorlansa, buni maʼlum qilish uchun shifokoringizga murojaat qilishdan tortinmang: bu nevrologik muammolar, yuqumli va hatto immunitet bilan bogʻliq kasalliklarning ilk belgilari boʻlishi mumkin.
Nam yostiqlar
Ertalab uygʻongach, yostiq nam ekanligini his qildingizmi?Yoki uyqu vaqtidagi noqulaylik sababli kechasi uygʻonib ketdingizmi?Sizda menopauza boshlangan boʻlishi mumkin, uning eng keng tarqalgan belgilaridan biri tungi terlash. Ayol organizmida estrogen gormonlari darajasining pasayishi tufayli tananing termoregulyatsiyasi oʻzgaradi. Termoregulyatsiya davomiyligi va muntazamligi hamma uchun har xil: u haftada bir-ikki marta yoki kechasi bir necha marta “takrorlanishi” mumkin. Ammo bu muntazam ravishda kuzatilsa, ginekolog-endokrinolog bilan bogʻlanish kerak.
Shuni qayd etish kerakki, klimaks yoshiga yetmagan boʻlsangiz yoki bu u emasligiga ishonchingiz komil boʻlsa va uyqu vaqtida terlash kuchayib borsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur. Chunki gormonal keskin oʻzgarishlar har doim jiddiydir.
Yostiqdagi sochlar
Odatda kuniga 80 tagacha soch toʻkiladi. Bu raqam mavsumga va umumiy holatimizga qarab oʻzgarib turadi. Meʼyordan koʻp soch toʻkilishi kuchli stressga, taomnomani oʻzgartirishga, organizmdagi gormonal oʻzgarishlarga nisbatan javob reaksiyasi boʻlishi mumkin.
Yostiqda tobora koʻproq tushgan sochlarni koʻra boshlagan boʻlsangiz, qalqonsimon bezni, albatta, tekshirishingiz kerak: gipoterioz bilan qalqonsimon bez juda oz miqdorda oʻziga xos gormonlar ishlab chiqaradigan holatda asosan uyqu vaqtida koʻp soch toʻkilishi qayd etiladi.
Yostiq meʼyoriy holatda emas
Toʻgʻrirogʻi, juda baland. Boshingizni baland koʻtarib uxlash uchun boshingiz ostiga bir necha yostiq qoʻyib yotishni odat qilsangiz, endokrinologga murojaat qilishingiz mumkin. GERD rivojlanishi bilan gastroezofagial reflyuks kasalligi — oshqozon kislotasi qiziloʻngachga yetib boradi va shilliq qavatni bezovta qiladi. Bu, ayniqsa, chalqancha yotganda, boshni past qilib uxlaganda yoki tana bilan teng holda tutganda kuzatiladi.
Kislota qiziloʻngach shilliq qavatida tirnovchi, jigʻildon qaynashini keltirib chiqaradi. Uxlab yotgan odam qulayroq pozitsiyani topishga harakat qiladi, yostiqni koʻtaradi va yarim oʻtirgan holatda joylashadi. Oʻzingiz yoki yaqinlaringizning doimiy ravishda yostiqni iloji boricha balandroq joylashtirish istagini sezgan boʻlsangiz, har ehtimolga qarshi oshqozon-ichak traktini tekshirish zarur.
Manba