Salomatlik Salomatlik Suvsizlanish, zo‘riqish va migren: surunkali bosh ogʻrigʻi sogʻlig‘ingiz haqida nimalar deya oladi?

Suvsizlanish, zo‘riqish va migren: surunkali bosh ogʻrigʻi sogʻlig‘ingiz haqida nimalar deya oladi?

O'qildi: 304


Suvsizlanish, zo‘riqish va migren: surunkali bosh ogʻrigʻi sogʻlig‘ingiz haqida nimalar deya oladi?

Bosh ogʻriqlari muntazam ravishda bezovta qilib turganda “oʻtib ketadi” qabilida ish tutish yaramaydi. Bu muammoni tibbiy tomondan koʻrib chiqish vaqti kelganini, organizmning muhim SOS signallari boʻlishi mumkinligini anglatadi.

Bosh ogʻrigʻi kuchayganda ham xotirjam oʻtiraveramiz, chunki eng yaqin dorixonada har doim ogʻriq qoldiruvchi dorilar bor, uni qabul qilib, ishni kelgan joydan davom ettirish odatga aylangan.

Foto: Marie Claire

Biroq shifokorlar bunga shubha bilan qarashadi. Takrorlanuvchi bosh ogʻrigʻi mutaxassisga uchrash uchun katta sababdir. Birinchidan, bu gipertoniyadan tortib markaziy asab tizimining buzilishigacha boʻlgan barcha kasalliklardan kelib chiqishi mumkin boʻlgan alomatdir. Bosh ogʻrigʻining jiddiy sabablari, shuningdek, harakatsiz turmush tarzi, haddan tashqari stress va boshqa kasalliklarni oʻz ichiga oladi.

Bularning barchasi biroz qoʻrqinchli tuyulishi mumkin, ammo umumiy bosh ogʻrigʻi ortida jiddiyroq xavf yashiringanini aniq koʻrsatadi. Organizmdagi har qanday keng tarqalgan buzilishlar signal beradi. Quyida bu jarayon atroflicha tushuntirilgan.

Bosh ogʻrigʻi qanday paydo boʻladi?

Olimlarning fikricha, bosh ogʻrigʻi qon tomirlarning “shishishi” tufayli yuzaga keladi, yaʼni ularni oʻrab turgan nervlarning choʻziladi va ogʻriq signallarining paydo boʻlishiga olib keladi. Bosh ogʻrigʻining alohida “turlari” ham bor: migren, stress va boshqa.

Migren

Migrenni toʻrt bosqichga boʻlish mumkin. Birinchi bosqich prodromaldir. Ogʻriq paydo boʻlishidan bir necha kun oldin boʻyin sohasida qattiqlik hissi, esnash va doimo nimadir yeyish istagi bilan boshlanadi.

Ikkinchi bosqich — bu aura. U 20 dan 60 minutgacha davom etadi va koʻz atrofida dogʻlar, yuz yoki tananing biror qismida uyquchanlik, gapirishda qiyinchilik kabi oʻziga xos jismoniy oʻzgarishlar bilan tavsiflanadi.

Keyingi bosqich — 4 soatdan 72 soatgacha davom etishi mumkin boʻlgan hujum bosqichi. Bu davrda odam kuchli bosh ogʻrigʻini boshdan kechiradi, yorugʻlik, tegish, hid va tovushlarga nisbatan sezgirligi oshadi. Bu alomatlar koʻngil aynishi bilan birga kechishi ehtimoldan holi emas. Postdromal faza sodir boʻlganda, odam charchoqning kuchayishini va asabiylashishni his qiladi.

Zoʻriqish

Foto: Marie Claire

Bosh ogʻrigʻini bosh yoki boʻyin mushaklarining zoʻriqishidan ham kelib chiqishadi. Genetik jihatdan moyil boʻlishi mumkin boʻlgan migrendan farqli oʻlaroq, zoʻriqish bugungi kunda har bir kishi duch keladigan keng tarqalgan hodisadir. Ularni keltirib chiqaradigan omillar orasida stress, suvsizlanish, immunitet kasalliklari va boshqalarni ajratib koʻrsatish oʻrinlidir.

Tez-tez bosh ogʻrigʻi nimani anglatadi?

Surunkali bosh ogʻrigʻi xususida aniq gapirish uchun u ketma-ket uch oy davomida oyiga 15 kun yoki undan koʻproq davom etgan boʻlishi kerak. Ogʻriqlar, masalan, atigi ikki hafta davomida sizga tinchlik bermasa, bu muammoni yengillatishi mumkin degani emas. Bu vaziyatda mutaxassis bilan bogʻlangan yaxshiroqdir. Bosh ogʻrigʻi sogʻliq haqida nima deyishi mumkinligini quyidagi omillar orqali bilib oling.

  1. Suvsizlanish
    Foto: Marie Claire

Bosh ogʻrigʻida, birinchi navbatda, ovqatlanish meʼyorlari, kuniga isteʼmol qilinadigan suv miqdoriga eʼtibor berish kerak. Koʻpincha doimiy bosh ogʻrigʻi suvsizlanishni koʻrsatadi. Suyuqlikni oz ichganda miyaga kislorod oqimi yetib borishi kamayadi, bu esa ogʻriqqa olib keladi. Bunga yoʻl qoʻymaslik uchun bunday belgilar paydo boʻlsa, chanqoqlik, ogʻizda quruqlik hissi va hatto, peshobning sargʻishligiga eʼtibor bering. Iloji boricha koʻproq suv ichishga harakat qiling, taomnomangizga tarkibida koʻp suv boʻlgan(pomidor, tarvuz, selderey)mahsulotlarni kiriting.

  1. Anemiya

Anemiya organizm hujayralari va toʻqimalari orqali kislorodni tashish uchun masʼul boʻlgan qizil qon tanachalarining yetishmasligidan kelib chiqadi. Qizil qon tanachalarining yetishmasligi charchoqning kuchayishiga, holsizlikka, nafas olish muammolari va hokazolarga olib keladi. Anemiyaning ogʻir holatlari ham bosh ogʻrigʻiga sabab boʻladi. Kasallik omillari orasida temir tanqisligi, B12 vitamini va(yoki) foliy kislotasining past darajasi eng koʻp uchraydi. Ushbu kasallikning birinchi belgisidayoq zudlik bilan shifokor huzuriga borish zarur.

  1. Gormonlar

Ayollarda bosh ogʻrigʻi koʻpincha hayz davri sindromi bilan bogʻliq, shuning uchun shaxsiy kalendaringizda muhim sanalarni belgilashni unutib qoʻygan boʻlsangiz, bunga eʼtibor qarating. Hayz koʻrishdan oldin ayol organizmida estrogen gormoni darajasi keskin pasayadi, bu esa boshning kuchli ogʻriqlariga sabab boʻladi.

Ammo bular ham yetarli sabab emas: menopauza, klimaks davriga tayyorgarlik, tugʻruqdan keyingi va homiladorlik — ayollar salomatligining ushbu maxsus davrlari ham bosh ogʻrigʻi bilan birga oʻtishi mumkin. Chunki bu vaqtda ayol organizmida keskin gormonal oʻzgarishlar yuz beradi.

  1. Sirkad ritmining buzilishi

Agar muntazam ravishda juda erta yoki kech uygʻonsangiz, bu tez-tez bosh ogʻrigʻiga olib kelishi mumkin. Sababi biologik soat buzilgan. Har kuni kun tartibi meʼyorlariga rioya qiling: necha soat uxlaysiz, qachon uyquga yotib, soat nechchida uygʻonasiz — hatto, sayohatga chiqqanda ham bu tartibni yoddan chiqarmang.

  1. Organizm kofein qaramligida

Kofein qon tomirlarni toraytiradi. Har kuni tarkibida kofein moddasi boʻlgan ichimliklarni isteʼmol qilsangiz-u, toʻsatdan bir kunni ularsiz oʻtkazmoqchi boʻlsangiz, qon tomirlarning toraymaganligi va bosh ogʻrigʻi sizga bu eʼtiborsizlikni eslatadi. Toʻgʻri, koʻplab mutaxassislar bu holatni oʻta zararli hisoblamaydilar va kuniga ikki stakandan koʻp boʻlmagan miqdorda bunday ichimliklarni isteʼmol qilishni istisno etishmaydi. Qahvani sevuvchilardan boʻlsangiz, uni meʼyorda ichishga harakat qiling.

  1. Qandaydir surunkali kasallik belgisi
    Foto: Marie Claire

Bosh ogʻrigʻi fibromiyalgiya ( surunkali mushak-tayanch harakat tizimi kasalligi), qizil volchanka va diabet kabi bir qator surunkali kasalliklarning yondosh taʼsiri boʻlishi mumkin. Biroq, bunday tashxislar bilan birga keladigan boshqa alomatlarni kuzatish zarur. Darhol xulosa chiqarishdan avval, bosh ogʻrigʻining kuchini baholashingiz, uning chastotasini kuzatishingiz va lozim topganda mutaxassis bilan maslahatlashganingiz maʼqul.

  1. Stress

Stress har xil: baʼzida uning sabablarini aniq bilamiz va baʼzida asabiylashganimizni sezmasligimiz ham mumkin. Boshqa tomondan, boshdagi oddiy zoʻriqish osongina migrenga aylanishi va bu butunlay boshqacha ogʻriq va noqulaylik darajasi paydo qilishi hech gap emas. Organizm stress taʼsirida boʻlganda, boʻyin va bosh terisi mushaklari intensiv ravishda qisqarishni boshlaydi, bu nervlarga bosim oʻtkazadi va ogʻriq chaqiradi. Tez-tez tushunarsiz(va kuchli)bosh ogʻrigʻi kuzatilganda, vaziyatni toʻxtatish va tahlil qilish vaqti keldi: birdan beshgacha boʻlgan shkalada qanchalik yaxshisiz?Nega bu shunday va boshqacha emas?Va sizning holatingizga hozirgidek nima taʼsir qildi?Yodingizda boʻlsin: oʻz-oʻzini tahlil qilish, kuzatish va organizmga ongli munosabat hamma narsadan ustunroqdir.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.