Salomatlik Goʼzallik Sochingizni uy sharoitida hech qanday uskunalarsiz jingalak qilishning 9 ta sinalgan usuli

Sochingizni uy sharoitida hech qanday uskunalarsiz jingalak qilishning 9 ta sinalgan usuli

O'qildi: 399


Sochingizni uy sharoitida hech qanday uskunalarsiz jingalak qilishning 9 ta sinalgan usuli

Jingalak qiluvchi “ployka” yoki dazmol kabi isitish moslamalari ajoyib soch turmagini yaratishga yordam beradi. Ammo ularni tez-tez ishlatish soch tabiiyligiga zarar yetkazadi. Ushbu uskunalar jingalak soch turmagi uchun ham qoʻl keladi. Choʻplar, qalamlar, sharflar va lattalarni har doim topish mumkin. Ulardan toʻlqinli jingalak va lokon yaratish uchun foydalaning. Soch uchun oddiy va xavfsiz. Buni qanday qilishni birma-bir koʻrsatamiz, deb yozadi “Noviy ochag” nashri.

Qoʻl bilan jingalak qilishdan oldin, sochlaringizni terining turiga mos keladigan shampun bilan yuving, balzam, konditsioner, quruq yoki siyrak sochlar uchun esa niqobdan foydalaning. Bu vositalar soch tolalarini yumshoq, hajmli, yorqin va silliq qiladi. Sochingizni sochiq bilan artib oling va mustahkam ushlash uchun gel yoki muss surting. Sizda bularning hech biri boʻlmasa, hali ham sochlarni jingalak qilish uchun imkon bor: asosiysi, ozgina nam( hoʻl boʻlmagan)sochlarda bajarish mumkin.

Oʻrimli jingalaklar

Foto: “Noviy ochag”

Unchalik uzun va qalin boʻlmagan soch egasi boʻlsangiz, ularni bir oz nam holda boʻshashtirib oʻrang va uxlang. Ertalab sochlaringizni boʻshating, barmoqlaringiz bilan taroq kabi tarab, lozim boʻlsa hosil boʻlgan toʻlqinlarni lak bilan qotiring. Sochlar uzun va qalin boʻlsa, ularni bir necha qismga ajratib olib ehtiyotkorlik bilan oʻrash mumkin. Faqat oʻrimlar tortib oʻrilmagan boʻlishi kerak. 6-8 soat(masalan, tungi uyqudan keyin)barcha chigallarni yechib oling, lekin taramang.

Belbogʻli jingalaklar

Bu uslub uchun bolalar dush xalati belbogʻidan yoki uzun tor ipdan foydalanishingiz mumkin. Nam va toza sochlarni oʻrtasidan ikki qismga ajratib oling. Belbogʻni boshda ikki marta gulchambar singari aylantirib oling. Ikki uchi peshonaga chiqqanda bir uchi bir qismdagi sochlarni, ikkinchi uchiga ikkinchi qism sochlarini oʻrab chiqing. Soʻng sochlar ochilib ketmasligi uchun belbogʻning ikki uchini bogʻlab qoʻying. Belbogʻni ehtiyotkorlik bilan 3-5-7 soatdan keyin yechib olishingiz mumkin.

Kechki oqshom uchun toʻlqinli sochlar

Foto: “Noviy ochag”

Toza nam sochlarni boshning baland qismiga yigʻing. Jingalaklarning kerakli oʻlchamiga qarab, butun uzunlikni qattiq qilib oʻrang. Yana bir yoʻli sochni ikki-uch qismga ajratib, ularni ham aylantirib oʻrang. Bir joyga oʻrab yigʻilgan sochni shpilka bilan qotiring. 6-9 soatdan keyin sochni boʻshating. Tabiiy egri chiziqlar bilan tabiiy yumshoq jingalaklarning guvohi boʻlasiz. Toʻplamni qancha koʻp ushlasangiz, jingalaklar shuncha uzoq turadi.

Futbolka yordamida jingalak

Ushbu usul uchun sizga eski futbolka yoki boshingiz oʻlchamidagi elastik halqali mato kerak boʻladi. Futbolkaning bir uchini rezina tasma yoki skripka bilan mahkamlang, halqani gulchambar kabi boshning tepasiga qoʻying. Sochingizni oʻsish yoʻnalishi boʻyicha bir nechta qismlarga boʻlib, ularning har birini futbolkaga oʻrab chiqing. Oʻralmagan sochlarni esa shpilka yordamida mahkamlang. Oʻramni 5-9 soat mobaynida ushlang(turmakni uyqudan oldin bajargan qulay). Futbolkani olib tashlaganingizda, sochlar toʻlqinli boʻlib qoladi!

Buvimdan qolgan usul — lattali bogʻlamlar

Oldingi fotosuratlarda jingalak sochli xonimlarning qiyofasini yoki hashamatli koʻylak bilan fokstrot raqsga tushayotgan ayollarni koʻrganmisiz?Hali soch uchun uskunalar ixtiro qilinmaganida, bizning buvilarimiz oʻzlari uchun zamonaviy jingalak soch turmagi qilishga muvaffaq boʻlishgan. Buning uchun ular oddiy lattali bogʻlamlardan foydalanganlar. Eski futbolkaning bir qismini kesib oling, ularni kichik uzunroq qilib kesib chiqing. Har bir lattaning oʻrtasiga kichikroq bir qism sochni qoʻyib uchidan boshlab sizga kerak boʻlgan uzunlikkacha(yoki soch ildizlarigacha)oʻrang. Qayirma tushib ketmasligi uchun matoni ikki uchidan tugunlab qoʻying. Barcha sochlar uchun xuddi shuni takrorlang. Boshingizdagi bunday tugunlar bilan uy ishlarini bemalol bajarishingiz, yoga qilishingiz yoki uxlashingiz mumkin. Bogʻlamlarni yechib olganda oynada mukammal natijani koʻrasiz.

Soch paypoqqa qanday oʻraladi?

Paypoqdan “bublik” yasang: xohlang uchlarini bir-biriga ulang, xohlang paypoq uchini kesib oling. Boshning tepasiga sochlarni bitta qilib yigʻib oling va rezina bilan mahkam bogʻlang. Soʻng “bublik” qilingan paypoqqa sochni uchlaridan boshlab oʻrab chiqing. Soch oʻralgan “bublik”ni rezinaga yetib borgunga qadar aylantiring va rezina atrofida oʻrang. Shpilka yoki boshqa rezina bilan mahkamlab qoʻying.

Barmoq va qisqichlar yordam beradi

Hammasi juda oddiy: sochni barmogʻingizga oʻrang, tushib ketmasligi uchun ehtiyotkorlik bilan barmoqdan chiqazib olgan zahoti qisqich bilan mahkamlab qoʻying. Ushbu usulni sochning barchasida takrorlan: buning uchun sizga oʻnlab soch qisqichlari yoki “nevidimka” kerak boʻladi. Siz bunday soch turmagida uxlashingiz uchun roʻmol yoki oʻrab oling. Soch quriganida oʻynoqi jingalaklar hosil boʻladi.

Roʻmolda qilinadigan jingalak

Sochni uchta qismga boʻlib oling: boshning yon tomonlarida va orqasida. Bosh terisi yaqinidagi har bir tola soch pastga qarab turishi uchun sharf yoki roʻmol bogʻlang. Soch oʻralgan roʻmolni bir uchi bilan bir yoʻnalishda, ikkinchi qismini sharfning boshqa uchi bilan teskari tomonga burang. Sharfning ikkita uchini ham bir-biriga oʻrang va rezina bilan mahkamlab qoʻying.

Qalamda qilingan jingalaklar

Foto: “Noviy ochag”

Sochlarni bir necha qismlarga ajrating. Qancha qismlar kichkina boʻlsa, shuncha kichik jingalak hosil boʻladi. Aynan spiral jingalaklar hosil boʻlishi uchun ularni bir-birining ustiga emas, balki ketma-ket joylashtirishga harakat qiling. Qoʻlingizga qalam oling va uning atrofiga soch oʻrashni boshlang, qalamdan tolalar chiqib ketmasligi uchun yoʻlning oʻrtasida qalamni 180 daraja aylantiring va sochni oʻrashda davom eting. Bosh terisidan taxminan 2-2,5 sm masofada oʻrashni toʻxtating. Sochni tasma bilan mahkamlang va 3-7 soatga qoldiring.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.