Salomatlik Goʼzallik Siyrak sochlarni qalinroq ko‘rsatishga yordam beradigan layfxaklar

Siyrak sochlarni qalinroq ko‘rsatishga yordam beradigan layfxaklar

O'qildi: 307


Siyrak sochlarni qalinroq ko‘rsatishga yordam beradigan layfxaklar

Ayollar har bir ishda mukammallikni xohlaydi. Chiroyli soch turmaklar uchun tabiiy qalin sochlar kerak. Ammo oramizda siyrak sochli xonimlar yoʻq emas. Hafsala bilan qilingan soch turmagi endi 5 daqiqada tushib ketmasligining turli yoʻllari bor. Quyida uy sharoitida koʻp pul sarflamasdan sochlarga hajm berish va toʻgʻri parvarish qilishni oʻrgatamiz, deb yozmoqda “Noviy ochag” nashri.

Soch uzunligidan tez-tez kesib turing

Foto: “Noviy ochag”

 

Soch qanchalik uzun boʻlsa, uning ogʻirligidan soch turmagi pastga tushib ketadi. Tabiiy hajmdor koʻrinishi uchun qisqaroq sochlarni sinab koʻring.

Koʻp qavatli soch uslubi

Foto: “Noviy ochag”


Yaʼni uchlari bir necha qavat zinama-zina qilib kesilgan soch uchlari bir xil uzunlikda boʻlgan sochlardan koʻra hajman koʻproq koʻrinadi. Yaxshi tomoni, bu uslub barcha yuz shakllari uchun yarashadi.

Yorqinlik qoʻshing

Foto: “Noviy ochag”

 

Sifatli qilingan “melirovaniye” yoki ranglarning bir-biriga uygʻunligi sochlarni vizual ravishda hajmdorligini oshiradi.

Sochlarni toʻgʻri yuving

Foto: “Noviy ochag”

 

  1. Boshni yuvayotganda shampunni soch ildizidan butun uzunlik boʻylab uchigacha surib, yaxshilab yuvish kerak. Soch uchlari moʻrt boʻlgani uchun qattiq ishqalab yuvish yaramaydi.
  2. Balzamlarni doim sochning uchlariga qoʻllash kerak. Ildiziga ishlov berilsa, soch turmaklari tushib ketishiga sabab boʻladi, chunki balzam sochni yumshatish xususiyatiga ega.
  3. Sochlarni har kuni yuvmang. Kundalik soch parvarishi uchun quruq shampundan foydalanishingiz mumkin.

Soch ildizlariga ozgina ishlov berish

Foto: “Noviy ochag”

 

Agar uyda soch uchun hajm beruvchi sprey va loklar tugagan boʻlsa, jingalak qilish uchun dazmol yoki boshqa vositalar boʻlmasa, sochlarni namlab, uning ildiziga zakolka qistirib qoʻying. Qurigach olib tashlansa, sochning yuqori qismi hajmdor va qalin boʻlib qoladi.

Soch uchun moʻljallangan musslardan koʻp foydalanmang

Foto: “Noviy ochag”

 

Meʼyordan koʻp muss ishlatish sochni ogʻirlashtiradi. Qisqa sochlar uchun hajmi yongʻoqdek koʻpik, oʻrtacha uzunlikdagi sochga tuxumdek hamda uzun nozik sochlar uchun esa tennis koptokchasidek hajmdagi muss yetarli boʻladi.

“Tabiiy betartib” soch turmaklardan foydalaning

Foto: “Noviy ochag”

 

Sochni biroz jingalak qiling. Haddan tashqari silliq dazmollangan sochlar nihoyatda tekis koʻrinadi.

Quruq shampundan foydalaning

Foto: “Noviy ochag”


Shampun tugab qolgan boʻlsa, chaqaloqlar upasi(talk)dan foydalaning. Upani soch ildizlariga seping. Yogʻ va kirlardan holi boʻlgan soch hajmini saqlab qoladi va ular endi bir-biriga yopishib qolmaydi.

Boshni pastga egib turgan holda soch quriting

Foto: “Noviy ochag”


Ayollar hamisha yoʻl qoʻyadigan xatolaridan bittasi boshni yuqoridan quritadi. Agar boshni pastga egib soch quritganda bosh aylansa, boshni koʻtarib taroq yordamida ularni yuqoriga tarab quriting.

Farq ochishni oʻzgartiring

Foto: “Noviy ochag”

 

Sochning odatiy farqni boshqacharoq, masalan, markazdan qiyalatib yoki yonboshdan zigzagsimon qilib farq oching. Xohishga qarab, farq ochmasangiz ham boʻladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.