Tashqi ko‘rinishingizni yaxshilashga yordam beradigan 10 ta tavsiya
Ba’zan ayollar ko‘zguga qarab, o‘zgarish vaqti kelganini his qiladi. Xulosa, albatta, xursand qilmaydi. Sochlar rangi xira, terida ajinlar ko‘paygan va umuman olganda, qarilik alomatlari ko‘rina boshlagan. Bu holat ko‘pchilikka tanish. “Noviy ochag” nashri yaxshi ko‘rinishga yordam beradigan layfxaklar bilan bo‘lishdi
Foto: The Voice
Teriga yorqinlik bering
Kechqurun yuz terisi uchun skrab va uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan niqob qo‘llashni unutmaslik lozim. Ertalab esa terini namlantiruvchi vositalar tavsiya etiladi.
Ko‘z ostidagi dog‘ va shishdan xalos bo‘ling
Qora dog‘lar har qanday yuzga charchagan va kasal ko‘rinish beradi. Ushbu kamchiliklarni yashirish uchun konsilerdan foydalanish mumkin.
Sochlar rangini yangilang
O‘sib chiqqan oqargan ildizlar hech kimni xursand qilmaydi. Ildizlarni o‘z vaqtida bo‘yab turish lozim, shunda tashqi ko‘rinish darhol o‘zgaradi.
Ko‘z konturi uchun oq qalam ishlating
Oq qalam ko‘zni yanada katta va chiroyli ko‘rsatadi.
Qoshlarga shakl bering
Keng, tabiiy va qora qoshlar asosiy tendensiyalardan biridir.
Manikyurni unutmang
Tirnoq lakini o‘z vaqtida yangilashga harakat qilish lozim. Vaqt bo‘lmasa, yorqin qoplamani butunlay olib tashlash va shaffof lakni qo‘llash mumkin.
Soch turmagini o‘zgartiring
Hech bo‘lmaganda sochning uchlarini kesib turish zarur. Bu bilan sochlar yanada qalin va chiroyli ko‘rinishga kiradi.
Har kuni yuzni massaj qiling
Muntazam yuz massaji yoki gimnastika nozik ajinlardan xalos bo‘lishga yordam beradi va yuzning ovalini yanada aniq va chiroyli qiladi. Har kuni buning uchun atigi 10 daqiqa vaqt ketadi.
Yangi atir tanlang
Ba’zan inson o‘zini ajoyib his qilishi uchun faqat atir hidini o‘zgartirishi kifoya.
Lab uchun balzamni unutmang
Lablar parvarishini unutmaslik lozim, bu tashqi ko‘rinishda alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun uydan chiqishdan oldin, albatta, oziqlantiruvchi lab balzamini qo‘llash kerak.
Manba