Salomatlik Goʼzallik Sut, zarchava va kartoshka: ko‘z ostidagi qora dog‘lar uchun 5 ta samarali niqob

Sut, zarchava va kartoshka: ko‘z ostidagi qora dog‘lar uchun 5 ta samarali niqob

O'qildi: 462


Sut, zarchava va kartoshka: ko‘z ostidagi qora dog‘lar uchun 5 ta samarali niqob

Bu muammoni bartaraf etishda bodring bo‘laklari allaqachon klassikaga aylangan. U haqiqatan ham yordam beradi. Ammo uyda yoki yaqin atrofda bodring bo‘lmasa nima qilish kerak?Ayniqsa ertalabda ko‘z ostida qora dog‘lar paydo bo‘lganida?“Noviy ochag” nashri ushbu muammoni hal etishga yordam beradigan 5 xil niqob retsepti bilan bo‘lishdi.

Foto: Pinterest

Kartoshka

Foto: “Noviy ochag”

Ma’lum bo‘lishicha, kartoshka bo‘laklari ham bodring kabi samarali. Xom kartoshkada vitaminlar ko‘p bo‘lib, uning bo‘laklari ko‘zni sovitadi va shish va qorayishni ketkazadi. Albatta, kartoshka muzlatkich yoki sovuq joydan olinishi kerak.

Petrushka

Foto: “Noviy ochag”

Agar oshxonada bodring hamda kartoshka ham topilmasa, petrushkali niqob bu borada yordamga keladi. Ko‘katlar maydalanib, stakanga solinadi va ustidan oz miqdorda qaynoq suv quyiladi. Petrushkaning sharbati chiqqach, sovitishga qo‘yiladi. Ushbu vitaminga boy niqob darhol samara berishi shubhasiz.

Zarchava

Foto: “Noviy ochag”

Davolovchi ta’sirga qo‘shimcha ravishda, zarchava terini biroz yorqinlashtiradi. Bir choy qoshiq zarchava kislotali sharbat(olma, apelsin yoki ananas)bilan aralashtirib, teri yuzasiga qo‘llanadi, ko‘zlarga juda yaqinlashtirmaslik uchun ehtiyot bo‘lish lozim. 10 daqiqadan so‘ng, niqob iliq nam mato bilan artib olinadi.

Choy paketlari

Foto: “Noviy ochag”

Kofein va taninlar organizm uchun foydali. Ular qon tomirlarini qisqartiradi va tashqi tomondan teri uchun ijobiy ta’sir qiladi. Atigi ikkita choy paketini muzlatkichga 20 daqiqaga qo‘yib, keyin ulardan niqob sifatida foydalanish mumkin.

Sut 

Foto: “Noviy ochag”

Sut kislotasi, oqsil, aminokislota va antioksidantlar majmuasi nafaqat terini yorqinlashtiradi, balki uni yumshatadi va namlaydi. Ko‘z ostidagi xaltachalarni olib tashlash uchun paxta sovuq sut bilan namlanadi va 10 daqiqa davomida ko‘zlarga kompress qilinadi. So‘ngra yuz yuviladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.