Oqargan sochlarni bo‘yoqsiz yashirishning 4 usuli
Sochga oralagan oq tolalar vaqt o‘tib yaqqol sezila boshlaydi. Har hafta sochni bo‘yoqqa bo‘yash esa soch terisini ham, uning egasini ham charchatib yuboradi. U holda oq sochlardan osongina qutulishning chorasi bormi?Albatta, quyida sochdagi oqlarni hech qanday bo‘yoqsiz yashirishning 4 usuli bilan tanishing.
Foto: CosmopolitanSoch o‘rtasidan ochiladigan farqni o‘zgartirish
Eng birinchi va oson usul – sochni ajratib turuvchi farq o‘rnini o‘zgartirish kerak. Agar o‘ng yonboshdan ochilsa chapga, chapdan ochilsa, aksincha tarash zarur. Yoki o‘rtadan ochgan ham ma’qul. Qarabsizki, soch orasidagi oqargan ildiz o‘z-o‘zidan bilinmay ketadi.
Foto: CosmopolitanSochlarni jingalak qilish
Sochlarni jingalak qilish orqali oq tolalarni yashirish mumkin. Buning uchun sochga katta-katta to‘lqin shaklida ishlov berish yaxshi samara beradi. Sochlarning tartibsiz ko‘rinishi tufayli oqargan ildiz deyarli ko‘rinmaydi. Shuningdek, agar oq tushgan soch ildiz ko‘p bo‘lmasa, qovoq uchun mo‘ljallangan tendan ham foydalansih mumkin.
Foto: CosmopolitanSochlarni o‘rash
Murakkab o‘rilgan soch turmagi tufayli hatto sochlarning oqara boshlagan ildizlari ham butunlay berkitiladi. Tashqi ko‘rinish esa yanada go‘zallashadi.
Foto: CosmopolitanAksessuardan foydalanish
Lenta, bant, obodok, tasma − soch turmagi uchun kerak bo‘ladigan aksessuarlar yoki ingichka sharflardan foydalanish orqali oqargan soch ildizlarini bartaraf etish mumkin. Hattoki ularni berkitish uchun aksessuardan foydalanganlikni hech kim sezmaydi.
Foto: CosmopolitanManba