Salomatlik Goʼzallik Yuzdagi kamchiliklarni makiyaj bilan qanday yashirish mumkin? Vizajist maslahat beradi

Yuzdagi kamchiliklarni makiyaj bilan qanday yashirish mumkin? Vizajist maslahat beradi

O'qildi: 338


Yuzdagi kamchiliklarni makiyaj bilan qanday yashirish mumkin? Vizajist maslahat beradi

Har bir ayol yuzidan biror-bir kamchilik topishi mumkin, lekin xavotirga o‘rin yo‘q — shunchaki makiyaj yordamida ularni qanday yashirishni o‘rganish lozim. Chunki birgina makiyaj bilan yuzdagi afzalliklarga urg‘u berish va kamchiliklarni berkitish juda oson. M.A.C vizajisti Anton Zimin kosmetik vositalar yordamida kamchiliklarni qanday tuzatish kerakligini ma’lum qildi, deb yozadi “Noviy ochag”.

Juda keng burun

Foto: “Noviy ochag”

Burunni vizual ravishda kichraytirish uchun teri rangidan quyuqroq upa va biroz ochroq konsiler yordam beradi. Kichkina tekis cho‘tka bilan upa burun ko‘prigi bo‘ylab ikki qator chiziladi. Shundan so‘ng burun ko‘prigining o‘rtasidan konsiler surtiladi. Burun kichraytirish uchun xuddi suratdagidek shakl hosil qilish lozim. Keyingi bosqich yengil harakat yordamida ranglarni burun terisiga singdirishdir. Natijada burun ingichka va uzun ko‘rinish hosil qiladi.

Shishgan yonoqlar

Foto: “Noviy ochag”

Keng yonoqlarni vizual ravishda torroq qilish uchun ikki rangdagi rumyanadan foydalanish kerak. Birinchisi pushti yoki shaftolirang rumyanani cho‘tkalar bilan yonoqlarning o‘rtasidan yuqoriga yo‘naltiriladi va ehtiyotkorlik bilan surtiladi, bu yuzga cho‘ziq shakl beradi. Yonoq suyaklarini yanada chiroyli qilish uchun terining rangidan ikki marta quyuqroq rumyana yoki upa yordam beradi. Xuddi shu cho‘tka bilan yonoq suyagi ostiga ham rumyana yoki upa lab burchaklariga qarab surtiladi.

Uchli iyak

Foto: “Noviy ochag”

Tor va uchli iyakka hajm qo‘shish uchun yorqin rangdagi kukun iyakning o‘rtasiga oz miqdorda qo‘llanadi. Shuningdek, labning ikki yoni va yuqori qismiga ham surtiladi. Biroz quyuqroq rangdagi konsiler iyak chizig‘i bo‘ylab cho‘tkada yoyib chiqiladi. Natijada iyak chiroyli ko‘rinishni hosil qiladi.

Juda katta peshona

Foto: “Noviy ochag”

Yuz terisidan biroz quyuqroq bo‘lgan konsiler yordamida peshonani kichikroq ko‘rinishga keltirish mumkin. Dastlab yuzning boshqa qismiga surtilgan upalardan to‘q rangdagi konsiler peshonaning eng yuqori chegarasiga surtiladi hamda cho‘tka yordamida soha bo‘ylab yoyib chiqiladi.

Ingichka lablar

Foto: “Noviy ochag”

Bir necha oson usullar bilan lablar hajmini kengaytirish mumkin. Birinchidan, lablarga namlovchi balzam surtiladi. Keyin yuqori va pastki lablarning barcha chiziqlari bo‘ylab xaylayter surtiladi, u barmoq uchi bilan aralashtiriladi.  Nihoyat, labning o‘rta qismiga lab bo‘yog‘i va ustidan blesk qo‘llanadi. Makiyajning oddiy kichik elemntlari yordamida yuzdagi kamchiliklarni yashirish imkoni mavjud.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.