Ahamiyatsizdek ko‘rinsa-da, ammo to‘g‘ri pardoz qilishda qo‘l keladigan kosmetik mahsulotlar
Ba’zan kosmetika do‘konlari javonlariga qarab kosmetika va kremlarning ko‘pligidan ular nima uchun kerakligiga hayron bo‘lamiz. Ba’zi go‘zallik mahsulotlari haqiqatan ham foydasiz, boshqalari esa, aksincha, terini parvarishlashni yanada qulayroq qiladi.
Korrektor qalam
Noto‘g‘ri va to‘g‘ri holda ishlatishFoto: AdMeKo‘pincha pardoz paytida podvodkani notekis chizamiz. Bunday holatlar uchun ular tuzatuvchi korrektor-qalam bor. U mitselyar suvda namlanadi va uchi ko‘mirdan tayyorlanadi. Ushbu qalam yordamida tush yoki podvodkani bir zumda tuzatish mumkin. Paxta tayoqchalaridan farqli o‘laroq, korrektor-qalam olib yurish uchun ham qulay.
Obodok
Foto: AdMeMakiyajni yuvish yoki yuzni parvarish qilish vositalarini qo‘llashdan oldin kiyiladi. Agar bu muolajalarni yoyilgan sochlar bilan qilsangiz, ular ifloslanadi. Soch bog‘ichidan farqli o‘laroq, obodok peshonadagi sochlarni yaxshi ushlaydi.
Kirpiklar uchun praymer
Noto‘g‘ri va to‘g‘ri holda ishlatishFoto: AdMeUshbu vosita “kirpik praymeri” deb ham ataladi. Bu oq tushga o‘xshaydi. Oddiy qora tushdan oldin surtsangiz, kirpiklaringizni og‘irlashtirmasdan hajmli va uzunroq qiladi.
Fiksator
Foto: AdMeUshbu go‘zallik vositasi issiq yoki yomg‘irli kunda uzoq vaqt davomida bo‘yanish kerak bo‘lgan holatlar uchun juda mos keladi. Fiksator har bir kosmetik mahsulotni qo‘llashdan keyin yoki faqat butun protsedura oxirida yuzga sepiladi. Ushbu vosita tufayli kosmetika bulg‘anmaydi va uzoq vaqt davomida to‘kilib ketmaydi.
Qovoq uchun praymer
Noto‘g‘ri va to‘g‘ri holda qo‘llashFoto: AdMeKo‘z uchun praymer ko‘z makiyajini uzoqroq saqlashga yordam beradi. U qolgan yog‘ni o‘zlashtiradi, shunda ten va podvodka chaplashib ketmaydi. Bu, ayniqsa, yog‘li terili ayollar uchun to‘g‘ri keladi. Yomon ob-havo sharoitida praymer ham makiyajni uzoqroq saqlashga yordam beradi.
Yuz uchun zardob
Zardobli va zardobsiz teriFoto: AdMeZardob tarkibida faol moddalarning yuqori konsentratsiyasi mavjud. U juda suyuq va yengil bo‘lib, terini bir zumda namlaydi va makiyajni bir tekis qiladi. Ertalab ham, kechqurun ham, hatto bo‘yanishdan oldin ham foydalanish mumkin, chunki u darhol so‘riladi. Ushbu go‘zallik mahsuloti, shuningdek, zichroq parvarishlash vositalarining ta’sirini kuchaytiradi — zardob kremdan oldin qo‘llanadi.
Tana uchun yog‘
Yog‘lanmagan va yog‘langan teriFoto: AdMeTanadagi terini ham yuz terisi bilan bir xil tarzda namlash kerak. Ayniqsa, qish oylarida. Odatda yog‘ dushdan keyin ishlatiladi. U terini yumshatadi va namlaydi, shuningdek, teri kasalliklariga qarshi kurashda yordam beradi. Bundan tashqari, u og‘ir ish kunidan keyin yoqimli rohat beradi.
Yuz uchun niqob cho‘tkasi
Noto‘g‘ri va to‘g‘ri holda qo‘llashFoto: AdMeBarmoqlarimiz bilan yuz niqobini qo‘llashga odatlanganmiz. Biroq cho‘tka bilan mahsulotni taqsimlash yanada yaxshi bo‘ladi. Sintetik tolali cho‘tka yaxshi variant — uni yuvish oson, niqob tuklarga singib ketmaydi. Bundan tashqari, niqobni cho‘tka bilan qo‘llash yanada yoqimli va mahsulot tirnoq ostida qolmaydi.
Manba