Salomatlik Goʼzallik BB, CC, DD kremlarning o‘ziga xos xususiyati va farqlari

BB, CC, DD kremlarning o‘ziga xos xususiyati va farqlari

O'qildi: 363


BB, CC, DD kremlarning o‘ziga xos xususiyati va farqlari

Bundan 10 yillar avval paydo bo‘lgan BB kremlar kosmetika olamida bir zumda mashhurlikka erishgan. Shundan keyin CC, DD va AA kremlari ham paydo bo‘lgan. Alohida xususiyatga ega bo‘lgan va tonal kremga alternativ sifatida ishlatish mumkin bo‘lgan ushbu kremlarning o‘ziga xos tomonlari va bir-biridan farqi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: Cosmopolitan

BB kremlar

Ilk bor Koreyada paydo bo‘lgan byuti balzamdan(BB- beauty balm’ning qisqartmasi)namlantiruvchi krem, zardob, praymer va tonal kremga alternativ sifatida ishlatish tavsiya qilingan. Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar sotuvni yo‘lga qo‘yish va targ‘ibot uchun unga 5 tasi birda hatto 10 tasi birda deb ham nom bera boshlagan. Aslida esa ushbu krem namlantiruvchi va zardob o‘rnini bosa olmaydi. Ammo teri rangini silliq ko‘rsatish, ortiqcha qatlam hosil qilmasdan, yuzni chiroyli ko‘rsatish xususiyatiga ega. Tonal kremdan farqli ravishda, tabiiy makiyaj qilish va tiniq ko‘rsatishi bilan terisi yog‘li bo‘lgan ayol va qizlar, shu bilan birga, quritib yubormagani uchun ham terisi quruq bo‘lgan nozik jins vakillari uchun ham ma’qul kelgan. Quyosh nuridan himoya qilishi kremga xos afzalliklardan yana biri hisoblanadi.

Foto: Cosmopolitan

CC kremlar

BB kremlar tonal kremlarning yaxshilangan varianti, CC kremlar esa yuzga korrektordek ta’sir qilib, rangini yaxshilaydi, ular o‘rtasidagi farq mana shunda. Color correction’ning qisqartmasi bo‘lgan ushbu krem teri rangini o‘zgartiradi, qizarish, dog‘, husnbuzarlarning ko‘zga tashlanishini kamaytiradi. Undan foydalanuvchilar BB kremdan ham yengilroq va shaffofroq ekanini ta’kidlaydi. CC kremlar korrektorlar o‘rnini bosmaydi, shunchaki o‘z vazifasi, namlantirish, yuzni yengil qoplash va rangini bir maromga keltirishni bajaradi.

Foto: Cosmopolitan

DD kremlar

Nomi daily defence’ning qisqartmasidan olingan DD kremlar kundalik himoya uchun ayni muddao hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi — teri yuzasidagi lipid qatlamning sifatli faoliyatini ta’minlab, epidermisni atrof-muhitdagi zararlardan himoya qilish. Ishlab chiqaruvchilar erta qarishning oldini olish uchun qo‘llashni tavsiya qiladigan ushbu kremdan aslida yosh o‘tishiga xos belgilarni to‘g‘rilash uchun emas, ularning oldini olish uchun foydalanish tavsiya qilinadi. DD krem ham terini yaxshi ko‘rsatadi faqat bu borada CC kremlarchalik ta’sirga ega emas.

AA kremlar

Nomi anti-age qisqartmasidan olingan krem teri erta qarishining oldini olish uchun foydalaniladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.