Salomatlik Goʼzallik Uy sharoitida kipriklarni uzun va qalinlashtirishga yordam beradigan 5 ta layfxak

Uy sharoitida kipriklarni uzun va qalinlashtirishga yordam beradigan 5 ta layfxak

O'qildi: 385


Uy sharoitida kipriklarni uzun va qalinlashtirishga yordam beradigan 5 ta layfxak

Buning uchun makiyajga oid bir nechta sirlarni bilib qo‘yish kifoya, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: “Noviy ochag”

Kipriklarni qayrishdan oldin kerlerni fen bilan qizdiring

Foto: “Noviy ochag”

Kipriklarni qayirishning eng oson va samarali usuli bu maxsus kerler ekanini hamma biladi. Ammo yana bir sir bor: ushbu vositaning yanada samarali ishlashi uchun uni fen bilan qizdirish lozim. Isitilgan vosita kipriklarni yaxshiroq qayiradi va uzoq vaqt davomida kipriklar o‘z ko‘rinishini saqlab qoladi.

Tushni qaynoq suvga soling

Foto: “Noviy ochag”

Kipriklarni qalinlashtirishning yana bir usuli: tushni qo‘llashdan 10 daqiqa oldin uni bir stakan issiq suvga solish tavsiya etiladi. Bu mahsulot formulasini tezroq faollashtirishga yordam beradi va tush ancha oson surtiladi. Bundan tashqari, iliq mahsulotni qo‘llash osonroq, shuning uchun ushbu layfxak kipriklarni ajoyib ko‘rinishga kelishiga yordam beradi.

Kipriklarni tish cho‘tkasi bilan tarang

Foto: “Noviy ochag”

Kipriklarga tush surtgandan so‘ng mahsulot qurib ketgunga qadar ularni oddiy tish cho‘tkasi bilan muloyimlik bilan tarang: bu kipriklarni bir-biriga yopishib qolishidan xalos bo‘lishga yordam beradi va shu bilan birga ularni biroz ko‘taradi.

Tushni qo‘llashdan oldin kipriklarga upa seping

Foto: “Noviy ochag”

Ushbu oddiy texnika har qanday tush ta’sirini kuchaytirishga yordam beradi. Kipriklarni bo‘yashdan oldin ularni yaxshilab upalang, so‘ngra tush surting. Kipriklar yanada qalin va ajoyib ko‘rinadi.

Tushni surtish vaqtida kerlerdan foydalaning

Foto: “Noviy ochag”

Odatda kipriklarni bo‘yashdan oldin kerler ishlatiladi, ammo ularni vizual ravishda uzaytirishga yordam beradigan yana bir layfxak mavjud. Kipriklarni bo‘yab bo‘lgach, muloyimlik bilan ularning uchini qisqichlar bilan qayirib, yana tush surtiladi. Natija kutilganidan ham a’lo bo‘lishi shubhasiz.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.