Salomatlik Goʼzallik Pul yonga qoladi: sochlarni uyda ham xuddi salondagi kabi turmaklashni o‘rganamiz

Pul yonga qoladi: sochlarni uyda ham xuddi salondagi kabi turmaklashni o‘rganamiz

O'qildi: 267


Pul yonga qoladi: sochlarni uyda ham xuddi salondagi kabi turmaklashni o‘rganamiz

Pul va vaqtni osongina tejash mumkin. Qanday qilib, deysizmi, albatta, salonga bormay, barchasini uyda amalga oshirgan holda. “Noviy ochag” nashri sochlarni uyda ham xuddi salondagidek quritishga yordam beradigan layfxaklar bilan bo‘lishdi.

Foto: Pinterest

Yaxshi fen sotib oling

Birinchi navbatda sifatli fen xarid qilish tavsiya etiladi. Undan foydalanish qulay bo‘lishi lozim, yuqori havo oqimi, juda og‘ir emasligi, issiqlikni nazorat qilishi, shovqin darajasi past va shnurning uzunligi ham yetarlicha bo‘lishi muhim. Ushbu sifatlarni o‘zida jamlagan fen, albatta, yordam berishi shubhasiz.

Sochni qoidalarga ko‘ra yuving

Turmaklashdan oldin to‘g‘ri shampun tanlash ham shu darajada muhimdir: odatda hajm beruvchi shampun tarkibida konditsioner bo‘lmagani ma’qul. Chunki bunday kompozitsiya sochni og‘irlashtiradi. Agar soch uzun  va jingalak bo‘lsa, ularni yuvgandan so‘ng ildizdan besh santimetr pastki qismga konditsioner qo‘llash mumkin. Natijada sochlar ildizi hajmga ega bo‘ladi, quyi qismi esa silliq ko‘rinishni saqlab qoladi.

Sochni turmak uchun tayyorlang

Sartaroshxona va salonlar tizimi asoschisi Edvard Trikomi sochlarni to‘rtta teng qismga bo‘lishni va har bir qismni alohida quritishni tavsiya qiladi. Har bir qismni yuqoriga ko‘tarish va fen yordamida quritish kerak.

Havo oqimi faqat soch uzunligi bo‘ylab yo‘naltiriladi. Shundagina sochlar ildizlardan boshlab hajmga ega bo‘ladi. Quritish oxirida sochlar biroz nam bo‘lishi kerak.

Salondagi kabi turmak yarating

Buning uchun katta dumaloq taroq yordam beradi. Sochlar ma’lum qismga pastdan yuqoriga qarab ajratib olinadi. Har bir qism dumaloq taroqqa o‘raladi va fen bilan quritilgan holda tortib taraladi. Jarayon shu tarzda takrorlanadi.

Soch turmagini uzoqroq saqlab qolish uchun mustahkamlovchi lak sepiladi. Qolaversa, turmakni bir necha kun davomida yangidek saqlash uchun quruq shampun yoki kukunlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ular ortiqcha yog‘ va kirlarni o‘zlashtiradi, sochlarni toza saqlaydi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.