Salomatlik Goʼzallik Sovuq ob-havoda to‘g‘ri makiyaj qilish bo‘yicha 5 ta qoida

Sovuq ob-havoda to‘g‘ri makiyaj qilish bo‘yicha 5 ta qoida

O'qildi: 297


Sovuq ob-havoda to‘g‘ri makiyaj qilish bo‘yicha 5 ta qoida

Sovuq mavsum har doim teri uchun katta stressni keltirib chiqaradi. Muammo nafaqat past haroratlarda, balki terining asosiy dushmani bo‘lgan isitish tizimida hamdir. Isitkichlar xona havosini quritib yuboradi, bu darhol terining holatiga ta’sir qiladi. Terida darhol ko‘chish va qizarish paydo bo‘ladi.

Qishda terini yaxshi holatda saqlash uchun nafaqat to‘g‘ri parvarish qilish, balki makiyaj ham muhimdir. The Symbol nashri qishda terini to‘g‘ri makiyaj qilishga oid 5 ta qoida bilan tanishtirdi.

Foto: The Symbol

Lablarni faol ravishda namlash

Sovuq ob-havo lablar terisiga kuchli ta’sir qiladi, ehtimol, buni har bir kishi o‘z tajribasida bir necha marta ko‘rgan. Qishda, kundalik parvarishda lablar uchun namlantiruvchi balzam va niqoblarni qo‘llashga odatlanish kerak. Ulardan nafaqat kechasi, balki kunduzi uydan chiqishda ham foydalanish mumkin. Tashqariga chiqishdan oldin yog‘ va vitamin E bilan oziqlantiruvchi gigiyenik lab bo‘yog‘ini ishlatish juda ham muhim. Lekin blesklar sovuq ob-havo uchun yaxshi tanlov emas, ularning tarkibida ko‘p suyuqlik bo‘lgani uchun lablar sovqotishi mumkin.

Quruq teksturalardan saqlanish

Qishki makiyajning yana bir muhim qoidasi — quruq tarkibli vositalarni rad etish. Ten, rumyana kabi vositalarni krem bilan almashtirish sovuqdan qo‘shimcha himoya qiladi, terida qizarish xususiyati keltirib chiqarishi ehtimoli kamayadi.

Suvga asoslangan tonal kremlardan foydalanmaslik

Yoz mavsumida suvga asoslangan tonal kremlaridan faol foydalanish mumkin, ammo bu sovuq mavsum uchun mos emas. Tarkibdagi ko‘p suv terini quritadi va uning yorilishini keltirib chiqaradi. Qishda oziqlantiruvchi moddalarga boy bo‘lgan mahsulotlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Tushdan foydalanishda ehtiyot bo‘lish 

Agar tashqarida qor yog‘a boshlasa, oddiy tush bir zumda surkalib ketadi. Bunday vaqtda suv o‘tkazmaydigan turidan foydalanish yaxshiroq. Bunday tushlar faqat iliq suv bilan osongina yuviladi, ammo qor unga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi.

Makiyajni tozalash uchun yumshoq vositalardan foydalanish

Terini quritib yubormaslik uchun qishda bo‘yanishni fidrofil moyi bilan yuvish tavsiya etiladi. Bu nafaqat kosmetikani osonlikcha eritadi, balki terini qo‘shimcha parvarish bilan ham ta’minlaydi. Agar makiyajni tozalash uchun mitselyar suvdan foydalansangiz, tarkibida E vitamini bo‘lganiga ustunlik berish kerak. Makiyajni tozalagandan keyin tonik qo‘llashni unutmaslik kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.