Teri holatini yaxshilashning eng tez va oson usuli
Go‘zallikka sarmoya kiritish hech qachon kech emas va u har doim foydalidir. Qimmatbaho mahsulotlarning butun assortimentini sotib olish, kosmetolog bilan muntazam muolajalar o‘tkazish yoki toza havoga sayohat uyushtirish mumkin. Ha, go‘zallik qurbonlikni talab qiladi va bu sizning qimmatli vaqtingizdir. Marie Claire nashri teri holatini chiroyli qilishning eng tez va oson usuli bilan bo‘lishdi.
Foto: Marie ClaireSovuq suv
Suv — bu hayot, qanchalik arzimas tuyilmasin yoshlik va sog‘liq garovi. Sovuq suv dermis uchun ayniqsa qimmatlidir. Teri bilan aloqa qilganda, qon aylanishining intensivligini oshiradi, shishni kamaytiradi va tonusini yaxshilaydi. Kunning boshida yuzni sovuq suv bilan yuvishni majburiy ro‘yxatga qo‘shish tavsiya etiladi.
Foto: Marie ClaireYana biri — limonli suv. Kechasi yotishdan oldin bir stakan suv ichish namlangan teriga yo‘l ochadi. Limonli suv uyqu vaqtida faol ishlaydi, kun davomida terida to‘plangan toksinlarni tozalaydi. Bu orqali ertalab terini makiyaj uchun tayyorlashga kamroq vaqt sarflash mumkin. Nonushtadan avval bir stakan bu suyuqlikdan ichish ham zarar qilmaydi: metabolizmni kuchaytiradi, ya’ni terining sog‘lom holatini qo‘llab-quvvatlaydi.
Foto: Marie ClaireKo‘p funksiyali kosmetika
Obrazning go‘zalligini emas, balki daqiqalarni tejash ajoyib usuldir. Ko‘pincha kerakli mahsulotni sumkada yig‘ish uchun vaqt yetarli bo‘lmaydi. Ko‘p vazifali kosmetika ishlab chiqaruvchilar zamonaviy ayolning tashvishlarini mukammal tarzda qamrab oladi. Ammo ularning hammasini sotib olishning keragi yo‘q. Sababi terini tabiiy ravishda go‘zallashtirish orqali kosmetik mahsulotlarga murojaat qilmaslik ham mumkin.
Foto: Marie ClaireSport
Bu har kungi shtangalar, og‘ir tosh va bodibil qiynoqlari haqida emas. Sog‘lom ko‘rinishni saqlab qolish uchun yengil gimnastika mashqlari, yoga yoki yugurish bilan shug‘ullanish kifoya. Bu ma’lum vaqt talab qilishi mumkin, ammo natijasi aniq bo‘ladi. Albatta, tonal krem ko‘plab teri kamchiliklarini yashirishi mumkin, ammo ularni yengishga qodir emas.
Yugurish
Yugurish jarayonida qon aylanishi kuchayadi, to‘qima va organlarga ko‘proq kislorod boradi, bu esa dermisni faol ravishda to‘yintirishni boshlaydi. Bu regenerativ jarayonlarning boshlanishiga va terining asosiy quruvchisi bo‘lgan kollagenning intensiv ishlab chiqarilishiga olib keladi.
Yoga
Foto: Marie ClaireYoga bilan do‘stlashish orqali organizmdagi ko‘plab muammolardan xalos bo‘lish mumkin. Ba’zi mashqlar ovqat hazm qilish traktining ishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ularning faoliyati asosan terining sog‘lig‘ini aniqlaydi. Shuningdek, yoga organizmda energiya balansini normallashtirishga yordam beradi.
Teri massaji
Foto: Marie ClaireMuntazam massaj yuz mushaklarini rag‘batlantiradi va teri hujayralariga imkon qadar ko‘proq kislorod yetkazib beradi. Boshqacha aytganda, u sezilarli darajada qarishga qarshi ta’sirga ega.
Kollagen ishlab chiqarish kuchayadi va u bilan terining rangi yaxshilanadi. Muammoli joylarda yengil bosim bilan yumshoq dumaloq harakatlarda sivorotka yoki namlovchi vositani qo‘llash tavsiya etiladi. Yuz massajini amalga oshirish orqali mahsulot teriga oson va chuqurroq kirib boradi.
Sauna
Ehtimol, bu ham go‘zallikni saqlab qolishning eng yoqimli usulidir. Ko‘p terlash va quruq sauna havosi teridagi toksinlarni to‘liq chiqarib tashlashga yordam beradi. Maxsus cho‘tka esa o‘lik hujayralarning qo‘shimcha qatlamidan xalos qiladi.
Sifatli uyqu
Uyqudan ham imkon qadar ko‘proq narsa olish mumkin, shu jumladan go‘zallik uchun ham. Sakkiz soat davom etadigan sifatli uyquda ham inson organizmi, ayniqsa terisi uchun muhim bo‘lgan jarayonlar yuz beradi.
Foto: Marie ClaireIpak yoki shoyi yostiq jildi
Ipak teri va umuman salomatlik uchun zarur bo‘lgan bir qator tabiiy oqsillar hamda 18 ta aminokislotalarni o‘z ichiga oladi va bu materiallarda uxlash yonoqlardagi yoqimsiz belgilardan xalos qiladi. Qolaversa, ipak, atlas mato sochlar o‘rtasida minimal ishqalanish hosil qiladi va ularning shikastlanishini kamaytiradi.
Sochlarni turmaklagan holda uxlash
Sochlarni yoyib uxlash tonggacha ularning sinishiga olib kelishi mumkin. Soch yuzasida bakteriya va kir ham to‘planadi, ular uyqu paytida teri hujayralariga xavfsiz yetib borishi va husnbuzarlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Manba