Salomatlik Goʼzallik Manikyurni uzoq vaqt saqlashga yordam beradigan 7 ta layfxak

Manikyurni uzoq vaqt saqlashga yordam beradigan 7 ta layfxak

O'qildi: 313


Manikyurni uzoq vaqt saqlashga yordam beradigan 7 ta layfxak

Bu holat aksariyat ayollar boshidan o‘tgan. Tirnoqlariga lak bilan ishlov berganidan bir kun o‘tib, chiroyli ko‘rinishga putur yetadi. Shuningdek, shellakdan foydalanmaydigan xonimlar ham manikyurni uzoq vaqt saqlab qolishni xohlaydi. “Noviy ochag” nashri bu borada ajoyib layfxaklar bilan bo‘lishdi.

Foto: “Noviy ochag”

Manikyurning umrini uzaytirish umuman qiyin emas, parvarish qilish va qo‘llashning bir nechta oddiy qoidalariga rioya qilish kifoya.

Tirnoq plastinkasini yog‘sizlantirish

Chidamli manikyurning birinchi qoidasi shundaki, lak yog‘siz tirnoqlarga qo‘llanilishi kerak. Tirnoq plastinkasi spirtga asoslangan maxsus eritma bilan ishqalanadi. Biroq spirt yo‘q bo‘lsa, unda spirtni o‘z ichiga olgan oddiy atir yordamida vaziyatdan chiqib ketish mumkin. Shuningdek, tirnoqlarni yog‘sizlantirgandan so‘ng ularga tegmaslik lozim, aks holda hech qanday natijaga erishib bo‘lmaydi.

Har bir lak qatlamini to‘liq quritish

Agar manikyur uy sharoitida amalga oshirilsa, unda uni yanada mustahkamroq qilish uchun ajoyib imkoniyat mavjud. Salonda mutaxassis odatda har bir keyingi qatlamni avvalgisini tugatgandan so‘ng darhol qo‘llaydi. Lakni uzoqroq saqlash uchun manikyurga ko‘proq vaqt sarflash lozim, har bir qatlam to‘liq qurishi, hech bo‘lmaganda har bir qatlam orasida 10 daqiqa tanaffus qilish kerak.

Tez quriydigan laklardan foydalanmaslik lozim

60 soniyada quriydigan laklar juda tez ko‘chib tushadi. Buning ajablanarli joyi yo‘q, tez quriydigan mahsulotlar tarkibida ko‘proq erituvchi mavjudligi tufayli darhol parchalanadi. Aytgancha, bunday laklar odatdagidan ko‘ra tirnoq uchun ham zararli, shuning uchun quritish uchun ko‘proq vaqt sarflagan yaxshiroq.

Tirnoqlar uchini yaxshiroq bo‘yash

Odatda tirnoqlar bo‘yalganda, uch qismida lakning qatlami yupqalashadi. Tirnoqlarga lak surtgandan so‘ng uch qismini yaxshilab qalinroq bo‘yash kerak. Chunki lak birinchi bo‘lib uch qismdan ko‘cha boshlaydi. Shuning uchun uch qismini bo‘yashga ko‘proq e’tibor qaratish tavsiya etiladi.

Lakni fen bilan quritmaslik kerak

Ko‘pchilik lak tezroq qurishi uchun tirnoqlarni oddiy fen bilan quritadi. Afsuski, bunday qilish kerak emas. Issiq havo oqimi lakning tuzilishini buzadi, shuning uchun ertasi kuni manikyur ko‘cha boshlaganiga hayron bo‘lmaslik lozim. Agar haqiqatan ham lakni fen bilan quritish kerak bo‘lsa, uni faqat sovuq havo bilan amalga oshirish tavsiya etiladi.

Lak surtilgan tirnoqni shaffof bo‘yoq bilan yangilash

Manikyurni uzoqroq saqlash uchun lak qo‘llangandan bir yoki ikki kun o‘tgach shaffof rang bo‘yoq bilan yangilash lozim. Bu avvali bo‘yoq ko‘chishining oldini oladi. Shuningdek, shaffof lak suyuq bo‘lishi lozim, quyuq bo‘yoq manikyurga putur yetkazadi.

Bo‘yalgan tirnoqlarni yog‘lash

Yog‘ nafaqat terini yumshoqroq qiladi, balki manikyurni uzoqroq saqlashga ham yordam beradi. Lak ko‘chishining asosiy sababi suv bilan aloqa qilishdir. Shuning uchun, dushga kirishdan avval tirnoqlarni moylash zarur. Shundan so‘ng tirnoqlarda namlikni qaytaradigan yog‘li qatlam hosil bo‘ladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.