Salomatlik Goʼzallik Bo‘yalgan sochlarni parvarish qilishning 10 ta qoidasi

Bo‘yalgan sochlarni parvarish qilishning 10 ta qoidasi

O'qildi: 387


Bo‘yalgan sochlarni parvarish qilishning 10 ta qoidasi

Sochlar qurib, to‘kilmasligi uchun ularga to‘g‘ri g‘amxo‘rlik qilish kerak. Shundagina ularga tashqi omillar ta’sir o‘tkazmaydi va ajoyib ko‘rinishini yo‘qotmaydi.

Foto: “Noviy ochag”

Gullagan uchlarini kesib olish

Uchlari gullagan sochlar har qanday turmakka putur yetkazadi. Bo‘yalgan sochlar tabiiy sochlarga qaraganda tezroq gullaydi, shuning uchun ularni kuzatib borish va muammoni vaqtida hal qilish lozim. Soch kesish oralig‘ida ularning umrini uzaytirish uchun uchlariga maxsus mahsulotlarni qo‘llash tavsiya etiladi.

Mos kelgan vositalardan foydalanish

Bo‘yalgan sochlarni hajm beruvchi shampun bilan yuvmaslik lozim. Mutaxassislar bo‘yalgan sochlar uchun alohida mahsulot ishlab chiqqani bejiz emas. Buni e’tiborsiz qoldirmaslik lozim.

Issiq turmaklashdan voz kechish

Bo‘yalgan sochlar issiqlikdan ikki baravar ko‘proq azoblanadi, shuning uchun ularni salqin havo oqimida quritish kerak. Dazmol, konus kabi issiq chiqaruvchi vositalardan foydalanmaslik lozim. Hech bo‘lmaganda, issiqlikdan himoya qiluvchi spreylar haqida unutmaslik juda muhim.

Sochni yuvishdan oldin konditsioner qo‘llash

Bu bilan yumshatuvchi va oson tarash effektiga ega bo‘lish, shuningdek, sochlarni oqava suvdagi mikroblarning salbiy ta’siridan himoya qilish mumkin.

Kamroq bo‘yash

Eng yaxshi variant sochni har 5-6 haftada bo‘yash. Tez-tez bo‘yash ham soch tolalariga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Ayniqsa, soch bo‘yog‘i sifatsiz bo‘lsa, ularni quritib yuborishi mumkin.

Moylardan foydalanish

Zaytun, kokos, bodom yog‘i — qanday bo‘lishidan qat’i nazar barcha moylar foydali. Ildizlarni toza qoldirib, yog‘ni butun uzunlik bo‘ylab qo‘llash mumkin. So‘ngra sochlarni o‘rab, kamida bir soat ushlab turish kerak. Buni haftada bir marta amalga oshirish va natijasini ko‘rish mumkin.

Nam sochlarni taramaslik

Bu sochlar uchun eng zararli jarayon. Ularni avval tabiiy quritish yoki salqin havo bilan quritgandan keyingina tarash mumkin.

Hovuzlarda cho‘milmaslik

Hovuzdagi suv kimyoviy moddalar bilan juda to‘yingan. Shuning uchun hovuzdagi suvda sochlarni ho‘l bo‘lishi zararli. Agar buning imkoni bo‘lmasa, boshga qalin rezina qalpoq kiyish tavsiya etiladi.

Sochlarni ichimlik suvi bilan yuvish

Bu juda qimmatga tushsa-da, ammo samarali: agar filtrlangan suvdan foydalanilsa, sochlaringiz yumshoq va yorqinroq bo‘ladi.

Yig‘ish va o‘rash

Kiyim kiyish vaqtida sochlar yig‘ilgan yoki o‘ralgan bo‘lsa, ular ushbu jarayonda kamroq shikastlanadi. Kamroq elektrlagan sochlarning gullashi ham kamayadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.