Salomatlik Goʼzallik Yog‘li sochlar uzoqroq toza ko‘rinishi uchun nimadan voz kechish kerak?

Yog‘li sochlar uzoqroq toza ko‘rinishi uchun nimadan voz kechish kerak?

O'qildi: 431


Yog‘li sochlar uzoqroq toza ko‘rinishi uchun nimadan voz kechish kerak?

Yog‘li sochlar muammosi juda oddiy hal qilinadi va buning uchun endi kuniga ikki marta ularni yuvish shart emas. “Noviy ochag” nashri taqdim etgan maslahatlar istalgan vaqtda va istalgan joyda chiroyli ko‘rinishga yordam beradi.

Foto: Pinterest

Sulfatsiz shampundan foydalaning

Yog‘li soch egalari vaqti-vaqti bilan o‘zlarining go‘zallik tartibiga bunday g‘amxo‘rlikni kiritishi kerak, shunda bosh terisi holati o‘zgaradi va kamroq yog‘ ishlab chiqara boshlaydi. Bozorda bunday mahsulotlar unchalik ko‘p emas — aksariyat hollarda qadoqlashda mahsulotda sulfat mavjud emasligi yoziladi.

Sochni sirka bilan yuving

Balzam yoki niqobni qo‘llagandan so‘ng sochlarni maxsus sirka bilan yuvish tavsiya etiladi. Bu bosh terisining tabiiy pH qiymatini tiklashga yordam beradi. Bundan tashqari, sirka nafaqat sochlarning yog‘lanishini kamaytiradi, balki unga yumshoqlik va jilo beradi.

Quruq shampundan foydalaning

Agar soch har kuni yuvilsa, bundan voz kechishga harakat qilish kerak. Bu teskari tuyilishi mumkin, lekin soch qanchalik kam yuvilsa, shuncha yaxshi natijaga erishiladi. Teri qurib ketmasligi, soch siyraklashmasligi va to‘kilmasligi uchun teri sekretsiyasi kerak. Soch tez-tez yuvilsa, u tabiiy himoyadan mahrum qilinadi va ko‘proq yog‘ ishlab chiqaradi. Bunday holat yuzaga kelmasligi uchun quruq shampundan foydalanish tavsiya etiladi.

Silliq turmakdan foydalanmang

Soch uchun mo‘ljallangan dazmolni bir chetga qo‘ying. Silliq sochlarda teri yog‘i butun uzunlik bo‘ylab tez tarqaladi. Jingalak sochlarda tolalar uzoqroq vaqt davomida toza ko‘rinishda turadi, shuning uchun tabiiy jingalak sochlar ko‘pincha yog‘lanmaydi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.