Salomatlik Goʼzallik Uy sharoitida tomirli to‘rchalardan qutulish yo‘llari

Uy sharoitida tomirli to‘rchalardan qutulish yo‘llari

O'qildi: 461


Uy sharoitida tomirli to‘rchalardan qutulish yo‘llari

Tomirli to‘rchalar(kuperoz)har xil sabablarga ko‘ra paydo bo‘ladi. Avval mayda tomirchalar paydo bo‘ladi, keyin esa ular yuzning hamma joyi yoki alohida qismlarini qoplab oladi.

Foto: “Woman.ru”

Ko‘pincha yuzdagi tomirli to‘rchalarni hech qachon yo‘qotib bo‘lmaydi deya ta’kidlashadi. Lekin, mutaxassislar bularning hammasini tuzatish mumkinligiga ishonch bildirishadi.

Bunday tomirli “yulduzchalar” paydo bo‘lishining oldini olish uchun nima qilish kerak?

  1. Yuzni tozalashga va to‘g‘ri ovqatlanishga e’tiborsizlik qilmaslik;2. C, K va P vitaminlarini iste’mol qilish;3. Tarkibida teriga ta’sir qiluvchi moddalar va spirt bo‘lgan kosmetik vositalardan foydalanmaslik.
Va, albatta, xalq tabobati usullarida tavsiya qilingan maxsus niqoblarsiz tomirli to‘rchalardan qutulish qiyin.

Yuzdagi kapillyarlardan qutulish uchun niqoblar

  •  Badyaga – tomirli to‘rchalar bilan kurashda sodiq hamkor. U vodorod peroksidi bilan birgalikda yuzga yoshartiruvchi samara beruvchi ajoyib piling hisoblanadi. Kapillyarlardan qutulish uchun bu modda kukuni issiq suvda eritilib bo‘tqa holiga keltiriladi va suriladi. Bu niqob bir haftada 2—3 marta 20 daqiqa davomida qo‘llaniladi.
  • Yashil pomidor – kapillyarlarni yo‘qotishning yengil va juda samarali usuli hisoblanadi. Pomidorning eti tomirchalar chiqib turgan joylarga 3—5 daqiqa qo‘yiladi.
  • Qichitqi(krapiva) – bu o‘t kuperoz bilan kurashishda juda yaxshi yordamchi. Uning qaynatmasi qizargan tomirlarga bir kunda 2—3 marta suriladi.
  • Olma sirkasi – yana bir usul. Kun davomida muammoli joylarga suring.
Manba: “Woman-ideal.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.