Salomatlik Goʼzallik Yuz terisini parvarishlab, yoshartiramiz

Yuz terisini parvarishlab, yoshartiramiz

O'qildi: 320


Yuz terisini parvarishlab, yoshartiramiz

Yuzingiz terisi silliq bo‘lsin desangiz...

Foto: Shutterstock
  1. Xushbo‘y o‘tlar qaynatmasiga botirilgan kumush qoshiq bilan yuzingizni massaj qiling.
  2. Husnbuzarlardan qutulish uchun choy daraxti va lavanda efir yog‘lari asosida tonik tayyorlang. Bunday tabiiy antiseptik yuzda paydo bo‘ladigan har qanday yallig‘lanishning oldini oladi.
  3. Epidermisni tozalashda tuxum sarig‘i va limon sharbatidan tayyorlangan niqob yordam beradi. Shuningdek, bunday hollarda ezilgan yashil olmaning asal, maydalangan gerkules yormasi va yogurt bilan aralashmasidan tayyorlangan niqob ham yordam beradi.
  4. Qarishning birinchi belgilariga qarshi kurashishda chakanda sharbati, asal va tuzli niqob yordam beradi. Uxlashdan oldin ko‘zingiz atrofi terisiga kanakunjut yoki shaftoli yog‘i suring, ertalab va kechqurun esa yuzingizni choy paketlari bilan arting. Muntazam ravishda shifobaxsh o‘tli, ayniqsa yalpizli choy ichish yoshartiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Bunday ichimlik organizmni tozalash bilan birgalikda tinchlantirishga va yaxshi uxlashga ham yordam beradi.
  5. Allergik toshmalar izini kalanxoening 1:3 miqdordagi suv bilan aralashmasidan qilingan kompress ketkazishga yordam beradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.