Qahva asosida skrab tayyorlaymiz
O'qildi: 305
Qahvali skrab birinchi qo‘llanishdayoq o‘zining yuqori samarasini ko‘rsatadi. Teri qatlami to‘g‘rilanadi, silliq va tabiiy yaltiroq tusga kiradi. Vaqti-vaqti bilan qahvali skrab bilan uqalash yuz terisini tetiklashtiradi va mayinlashtiradi.
Foto: “Woman.ru”Uy sharoitida qahvali skrab tayyorlash qiyin emas. Skrab uchun xom ashyo hisoblangan quyqumni quritilgan holda va quruq joyda saqlash kerak. Qahva yordamida skrab tayyorlashning bir necha usullari bilan tanishtiramiz.
- Teri yuzasiga dush uchun gel yoki krem suramiz va ustidan maydalangan qahva sepamiz. Aylanma harakatlar bilan uqalaymiz. Teri qatlamining turli joylari uchun mos keladigan universal usul.
- Yarim piyola qahva va isitilgan sutdan aralashma tayyorlaymiz. Skrab qaymoq ko‘rinishiga kelishi lozim. Bunday skrab teri qatlamini yumshatishga yordam beradi.
- Skrabning bu turi sellyulit bilan kurashishda katta samara beradi. Aralashma tarkibi quyidagicha: yarim piyola sulili “Gerkules”, 2 osh qoshiq tuz, 2 osh qoshiq qahva, 6 tomchi efir yog‘i, 3 tomchi rozmarin yog‘i, 2 tomchi dolchin yog‘i. Yaxshilab aralashtirilgan skrabni sellyulitli teri qatlamiga suramiz va 10 daqiqa davomida uqalaymiz. Skrab qoldig‘ini avval iliq suvda, keyin esa sovuq suvda yuvib tashlaymiz. Teri yuzasiga maxsus namlantiruvchi krem surib qo‘yamiz.
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.