Narxi 2 mln so‘mgacha baholanayotgan keratin muolajasining sochlarga qanday foydasi bor? Tekis sochlar uzoq saqlanishi uchun nima qilish kerak?
So‘nggi paytlarda aksariyat ayollar orasida sochlarni keratin bilan tekislash haqida ko‘p gapirilmoqda. Xo‘sh, protseduraning sochlar uchun qanday foydali tomonlari bor?O‘zi bu muolajadan barcha foydalanishi mumkinmi?Uning sochlarga qanday salbiy ta’siri bor va, eng muhimi, undan foydalanish narxi qancha?
Bu haqda “Daryo”ga soch keratini bo‘yicha mutaxassis Ibrohim Hamdamov batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
Foto: Instagram/@ibrokhim__fxxtSoch keratini nima?
Keratin muolajasi sochlarni silliqlashtiruvchi va tekislovchi xususiyatga ega bo‘lib, sochi jingalak, chigal, tarashga qiynaladigan qizlar uchun juda foydali hisoblanadi.Sochlari tekis ayollar uchun esa biokeratin(sochlarni foydali vitaminlar bilan to‘yintirib, jilolantiruvchi)protsedura qo‘llaniladi.
Muolajani kimlarga qo‘llash mumkin emas?
Soch keratini muolajasidan hamma ham foydalana olmaydi. Chunki ayollarning sochi, tuzilishi va ulardagi modda almashinuvi bir xil emas. Men har bir kelgan mijoz bilan birinchi navbatda savol-javob qilaman va sochining tuzilishi, holatiga qarayman. Agar mijozning sochi juda ham kuyib ketgan, nimjon bo‘lsa, undaylarga tavsiya qila olmayman. Sababi kuygan sochlar jonsiz, o‘lik tolalar hisoblanadi. Ularga keratin emas, balki spa protseduralari tavsiya qilinadi.Spa protsedura asosan, jonsiz, kuygan, jilosini yo‘qotgan, gullagan sochlar uchun qilinadi. Natijada sochlarga jon kirib, holati tiklanadi. Bu muolaja faqat masterlar tomonidan qilinadi.
Keratinlash jarayoni haqida
Keratin protsedurasi uch bosqichda amalga oshiriladi.- Dastlab soch teshikcha ( pora)larini ochib beruvchi shampun bilan yuviladi.
- Yuvilgan sochga keratin kremi surtiladi.
- Sochlar dazmolning past harorati bilan tortib chiqiladi.
Keratinning soch uchun zararli ta’sirlari bormi?
Keratin protsedurasining salbiy ta’siri yo‘q. Faqat mijozlar mazkur muolajadan foydalangandan so‘ng o‘zining maxsus shampun va balzamlaridan foydalanishi lozim. Sababi biz tavsiya qilgan mahsulotning ko‘chadagi shampunlardan farqi — ular sulfatsiz bo‘ladi. Aniqroq aytadigan bo‘lsam, maxsus shampunlar sochning teshikchalarini yopadi va protseduraning sochda ko‘proq turishiga xizmat qiladi.Shunday mijozlar bo‘ladi, muolajadan so‘ng sochiga to‘g‘ri kelmaydigan shampun yoki konditsionerdan foydalanadi. Bu oqibatda sochning yanada kuyib, sinishiga, hatto to‘kilishigacha olib keladi.
Yana bir gap, men tavsiya qilgan maxsus shampun va niqoblarni ko‘chadan topish muammo. Iloji boricha, muolaja qilingan salondan olgan ma’qul.
Foto: Google ImagesMuolajaning narxi va sochda turish muddati qancha?
Keratin protsedurasidan so‘ng sochlarning tekisligi 3 oydan 6 oygacha saqlanib turadi. Soch o‘sganidan so‘ng yangi chiqqan tolalarini ham qilish mumkin. Bu, albatta, mijozning xohishiga qarab.Yana bir fakt: bir marta muolajadan foydalangan ayol uni takror qo‘llashga majbur bo‘lib qolmaydi.
Hozirgi kunda Toshkentdagi salonlarda keratin protsedurasi sochning uzunligi va qalinligiga qarab 500 ming so‘mdan 2 million so‘mgacha qilinadi.
Maqola Restyle beauty saloni bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Manba