Salomatlik Goʼzallik Uzun sochlar uchun turmaklar (foto)

Uzun sochlar uchun turmaklar (foto)

O'qildi: 398


Uzun sochlar uchun turmaklar (foto)

Vaqt tig‘iz bo‘lganida uzun sochlarni tartibga keltirish ortiqcha tashvish bo‘lib tuyulishi mumkin. Biroq ba’zi usullar yordamida ularni qisqa vaqt ichida chiroyli holatga keltirish mumkin. Quyida bunday soch turmaklarining ba’zilarini keltirib o‘tamiz.

Mayda o‘rimlardan chambar

Foto: “Woman.ru”

Sochingizning orqa tomonidan bir tutam soch ajratib olib, mayda o‘ring. Har ikki tomondan ikkitadan shunday o‘rim yasang. Ularni boshingiz ustidan navbatma-navbat o‘tkazib, to‘g‘nog‘ich yordamida mahkamlang.

G‘ayrioddiy soch o‘rimi

Foto: “Woman.ru”

Sochlaringizni uch kokilga ajrating. Ularning har birini o‘rib chiqing. Hosil bo‘lgan uchta o‘rimdan bitta katta o‘rim yasang. O‘rimga hajm berish uchun sochlarni kokil orasidan ko‘tarib chiqing.

Uch qavatli turmak

Foto: “Woman.ru”

Peshonadagi sochlaringizni yig‘ishtirib, rezinka bilan mahkamlang. Sochingizning rezinkadan chiqib turgan qismini rezinka tepasidagi oraliqqa kiritib, aylantirib chiqaring. Shu tarzda ketma-ket uch tutam sochni shu holatga keltiring.

Aylantirib o‘ralgan turmak

Foto: “Woman.ru”

Sochingizni baland qilib yig‘ib, rezinka bilan mahkamlang. Sochingizning bir qismini qayirib, rezinka tagiga kiriting. Sochingizning uch qismini rezinka atrofiga o‘rang. Hosil bo‘lgan turmakni to‘g‘nog‘ich bilan mahkamlab chiqing.

Bayramona turmak

Foto: “Woman.ru”

Peshona qismidan soch farqini ochib, ikki tomondan yonbosh bo‘ylab orqaga qarata sochni chappa o‘ring. Boshingizning orqa qismigacha o‘rilgach, ularning har ikkalasini asosidan rezinka bilan mahkamlang. Rezinkadan osilib turgan sochlarni burab, bir-biriga rezinka yordamida ulang. Soch uchini rezinka tepasidagi oraliqqa kiritib, ichkariga qaratib aylantirib soling va to‘g‘nog‘ich yordamida mahkamlang.

Chambar

Foto: “Woman.ru”

Sochingizni o‘rtadan ikkiga ajratib, ikki kokil o‘rim yasang. So‘ng ularni boshingiz ustidan aylantirib o‘tkazing va bir-birining asosiga mahkamlang.

Manba: “Woman.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.