Osh sodasidan go‘zallik yo‘lida foydalanish usullari
Iste’mol sodasi sizga nafaqat oshxonada xizmat qiladi — u sizning go‘zalligingizni saqlab turuvchi ajoyib xususiyatga ham ega.
Foto: “Woman.ru”Ter hidiga qarshi
Iste’mol sodasini kamroq suv bilan pasta holiga kelguncha aralashtiring, aralashmani qo‘ltiq osti sohasiga dezodorant sifatida suring. U ter va hid paydo bo‘lishining oldini oladi.
Shampun bilan
Sochlar vaqti-vaqti bilan unga suriladigan kosmetik vositalardan tozalashga muhtoj bo‘ladi. Shampunga biroz miqdorda soda qo‘shing va uni odatdagidek ishlating. Bu sochlarda to‘planib qolgan kosmetik vositalardan tozalaydi va ularga oldingi go‘zalligini qaytarishga yordam beradi.
Tishlarni oqartirish uchun
Oqartiruvchi vosita uchun unchalik katta bo‘lmagan idishda bir osh qoshiq soda, 5 tomchi vodorod peroksidi va bir necha tomchi suvni aralashtiring. Aralashmani tish cho‘tkasi yordamida tishlarga suring va 5 daqiqa qoldiring. Keyin tishlaringizni tish pastasi yordamida tozalang va og‘zingizni yaxshilab chayqang. Yaxshi samara berishi uchun bu jarayonni bir haftada bir marta takrorlang.
Tirnoq atrofi terisi uchun
Iste’mol sodasini iliq suv bilan aralashtiring va bu pastani tirnoq atrofiga suring. Aralashmaning qolganini qo‘llaringiz terisiga surishingiz mumkin.
Terini tozalash uchun
Iste’mol sodasi juda ajoyib tabiiy tozalovchi vosita hisoblanadi. Kaftingizda biroz soda va suvni aralashtiring va bu aralashma bilan yuzingizni ishqalang. Tezda teridagi o‘lik hujayralar tushadi va siz tozalovchi kimyoviy kosmetik vositalardan foydalanishdan qutulasiz.
Soda quruq shampun sifatida
Agar quruq shampuningiz tamom bo‘lib qolgan bo‘lsa, uning o‘rniga bemalol soda ishlatsangiz bo‘ladi. Sochlaringizga biroz soda seping va keyin ularni tarang.
Manba: “Woman.ru”
Manba