Tish pastasi tarkibidagi tishlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan moddalar
Tishlarni sog‘lom va baquvvat saqlash uchun ularni kuniga ikki marta tozalash, tish ipidan foydalanish va yiliga ikki marta stomatolog ko‘rigidan o‘tish juda muhimdir. Bu borada tishlarni qanday pasta bilan yuvishning ham ahamiyati bormi?Shifokorlar fikricha, tish pastalaridagi ba’zi ingrediyentlar tishlarga zarar yetkazishi va stomatolog bilan uchrashuvni tezlashtirishi mumkin. Tish pastasi tarkibiga ko‘ra qandaylaridan foydalanish va qaysilaridan voz kechish haqida gaplashamiz.
Yodingizda bo‘lsinki, maqola faqat ma’lumot uchun mo‘ljallangan, undagi fikrlardan tashxis qo‘yish yoki davolashda foydalanish mumkin emas!
Foto: Getty ImagesFtor
Tish pastasining eng keng tarqalgan tarkibiy qismidir. Ma’lumki, kariyesning oldini olish va tish emalini mustahkamlashdagi asosiy birikma ftoridlar hisoblanadi. Deyarli barcha zamonaviy tish pastalarida ftor yoki ftorli natriy qo‘llaniladi.
Ushbu tarkibiy qism qanchalik xavfsiz?
Bu sog‘lom tishlarga ega bo‘lganlar uchun foydali, albatta. Ammo tishlarda kariyes allaqachon boshlangan bo‘lsa, tish pastasi tarkibidagi ftor kasallikning tezroq rivojlanishiga yordam beradi. Agar tishlaringizda shunday muammolar bo‘lsa, ftorsiz tish pastasidan foydalanganingiz ma’qul.
Kaliy nitrat
Tarkibida kaliy nitrat bo‘lgan tish pastalari yuqori ta’sirchan tishlarga ega odamlar uchun tavsiya etiladi: kaliy nitrat emal sezgirligini kamaytiradi. Bunday natijaga erishish uchun tish pastasidan bir necha hafta, hatto oylab foydalanish lozim.
Ushbu tarkibiy qism qanchalik xavfsiz?
2012-yildagi kichik tadqiqotlar kaliy nitratining emal sezgirligini kamaytirish samaradorligini tasdiqlagan. Ammo sizda bu kabi muammo bo‘lmasa, bunday pastani ishlatmang: kaliysiz tish pastalarining aksariyati tishlarni kariyesdan kaliyli pastaga nisbatan yaxshiroq himoya qiladi.
Foto: Getty ImagesKalsiy karbonat
Kalsiy karbonat oqartiruvchi tish pastalarining asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Yaponiyalik mutaxassislar tomonidan 2019-yilda o‘tkazilgan kichik tadqiqot shuni tasdiqladiki, tarkibida kalsiy karbonat bo‘lgan pastalar tish emalidagi dog‘larni kamaytiradi.
Ushbu tarkibiy qism qanchalik xavfsiz?
Kalsiy karbonat charxlash xususiyatiga ega, shuning uchun u tish emali mustahkam bo‘lganlargagina tavsiya qilinadi. Tishingiz sezuvchan bo‘lmasa ham, bunday pastalardan ehtiyotkorlik bilan foydalangan ma’qul. Bunday holatlarda qattiq tukli tish cho‘tkalarini ishlatmang.
Laurilsulfat natriy
Ushbu ingrediyent, asosan, ko‘pik hosil qilib, tish pastasidan ko‘proq foydalanish imkonini beradi. Ammo bu qanchalik xavfsiz?
Afsuski, tarkibida laurilsulfat natriy bo‘lgan tish pastalarini ishlatish natijasida og‘iz yarasi, qizarish, shishish va yumshoq to‘qimalar shikastlanishi kabi nojo‘ya ta’sirlar kuzatilishi mumkin.
Foto: Getty ImagesFaollashgan uglerod
Tish pastalarini oqartirishda ishlatiladigan yana bir asosiy tarkibiy qism. Afsuski, 2017-yilda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, tarkibida ko‘mir bo‘lgan tish pastlarining xavfsizligi va samaradorligini qo‘llab-quvvatlash uchun yetarli klinik ma’lumotlar aniqlanmagan. Shunday ekan, qordek oppoq tabassum uchun xavfsizroq vositani tanlagan ma’qul.
Mavzuga doir:
- Til sog‘liqdan so‘zlaydi: kasallikdan darak beruvchi 7 belgi
- Tishlar odamni qanchalik o‘zgartirishi mumkinligi mashhur shaxslar misolida(foto)
- Tishlar sog‘lom bo‘lishi uchun 10 ta maslahat
- Tishlarni uy sharoitida oqartirishning 7 usuli
Manba