Yog‘li teriga yordam beruvchi tabiiy vositalar
O'qildi: 321
Terisi yog‘lilar qariganda ajinlari unchalik bilinmaydi deyishadi. Agar siz 60 dan oshgan bo‘lsangiz bu yoqimli albatta. Lekin hali ancha yosh bo‘lsangiz, unda teridagi ortiqcha yaltiroqlik bilan kurashish muhimroq.
Foto: “Woman.ru”Agar teringiz yog‘li bo‘lsa, bunga yordam beruvchi bir necha xalqona tabiiy vositalar to‘g‘risida aytmoqchimiz:
Olma sirkasi
Bu ajoyib vosita hamma narsada – qazg‘oqni ketkazishdan tortib nosog‘lom ishtahani pasaytirishgacha foydalaniladi. Olma sirkasi nafaqat teshikchalarga qisqartiruvchi ta’sir qiladi, balki bakteriyalar chaqiradigan toshmalarda yordam beruvchi antimikrob xususiyatlariga ham ega. 3:1 miqdorda suv bilan aralashtirilgan bunday tonik terini tozalaydi va taranglashtiradi.Aloe
Tabiiy zararsizlantiruvchi va taranglashtiruvchi vosita – aloe geli toshmalarda va terining yuqori darajali yog‘liligida yordam berishi mumkin. Uni yuvingandan so‘ng surish kerak. Olma sirkasi kabi aloe ham terini tozalaydi va taranglashtiradi. Aloe yog‘li yaltirashni bir kun ichida butunlay ketkazmaydi, lekin yog‘lilikni ancha kamaytiradi.Lavandali suv
Lavandali suv yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega va teridan ortiqcha yog‘larni ehtiyotlik bilan oladi. Agar siz lavanda hidini yaxshi ko‘rsangiz bu vosita sizga yoqadi, agar yoqmasa – boshqa birortasini sinab ko‘ring.Atirgul suvi
Atirgul suvi – terisi yog‘li kishilar uchun haqiqiy sovg‘a: u teridan ortiqcha yog‘larni olib tashlash bilan birga namlantiruvchi ta’sir ham qiladi. Uni makiyajni buzib qo‘yishidan qo‘rqmasdan, aerozol shaklda kunning yarmida ham surish mumkin – atirgul suvi teridagi yoqimsiz yaltirashni oladi va teriga tez singib ketadi.Jojoba yog‘i
Hatto yog‘li teriga ham namlantiruvchi kerak. Jojoba yog‘i tuzilishi jihatidan tabiiy teri yog‘ini eslatadi va teri yuzasida ushlanib qolmaydi. Jojoba yog‘ini yaxshisi uxlashdan oldin yuvingandan so‘ng surgan ma’qul. Yog‘lilikni ertasi kuniyoq yengishga unchalik yordam bermaydi, lekin terini ancha yumshatadi.Xulosa
Vositalarni birga qo‘shib ishlatish eng yaxshi natija beradi masalan, yuzga ertalab aloe, kun davomida atirgul suvi va uxlashdan oldingi kechki yuvinishdan so‘ng jojoba yog‘i surish.Manba: “Zdorovie.com”
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.