Salomatlik Goʼzallik Sochlarni ploykada jingalak qilishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar

Sochlarni ploykada jingalak qilishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar

O'qildi: 365


Sochlarni ploykada jingalak qilishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar

Biror-bir tantanali tadbir oldidan sochlaringizni jingalak qilishga to‘g‘ri kelib qolsa va natijasi kutganingizdek chiqmasa, bundan ham yomonrog‘i bo‘lmasa kerak. Bunday anglashilmovchiliklar yuz bermasligi va ployka yordamida sochlaringizga mukammal ko‘rinish berish uchun bizning maslahatlarimizga amal qiling.

Sochlarni ploykada jingalak qilishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar

Foto: “Woman.ru”

1-xato: Sochlarning jingalak qilishga tayyor emasligi

Jingalaklar chiroyli chiqishi uchun avvalo sochlarni unga tayyorlash kerak — va bu eng muhim qadam hisoblanadi. Sochlaringizga ularni yuqori haroratdan saqlaydigan vosita suring va fen yordamida to‘liq quriting.

2-xato: Sochlarni noto‘g‘ri yo‘nalishda jingalak qilish

Qaysi tomonga jingalak qilishni bilish uchun oldin sochlaringizni tutamlarga ajrating. Sochlarga tabiiy ko‘rinish berish uchun, ularni har doim yuzingizga qarama-qarshi tomon yo‘nalishi bo‘yicha jingalak qiling.

3-xato: Sochlarni emas ploykani burash

Sochlaringiz tabiiy ko‘rinishi uchun, ploykaning issiq tomonini pastga qarating va unga sochlaringizni ildizidan boshlab o‘rang. Bu sochlarning o‘z shaklini uzoqroq vaqt ushlab turishiga va ildizlariga kattaroq hajm berishga yordam beradi.

4-xato: Haddan tashqari keng ploykadan foydalanish

Diametri 2,5 sm bo‘lgan ploykaning imkoniyatlari keng ploykanikidan ko‘ra kattaroqdir. Jingalaklar bemalol va erkin turishini xohlasangiz, unga ko‘proq sochlarni o‘rang.

5-xato: Sifatsiz ployka sotib olish

Agar siz sochlaringizni muntazam ravishda jingalak qilsangiz, qiziydigan qismi keramikali bo‘lgan yaxshiroq ployka olganingiz ma’qul. Stilistlar jingalaklar bir tekisda chiqishi uchun qistirgichi bo‘lmagan ployka tanlashni maslahat beradilar.

6-xato: Sochlarni ployka bilan ko‘proq qizdirib yuborish

Ployka juda kuchli qizib ketishi mumkin. Agar sochlaringiz ingichka va nozik bo‘lsa — ploykani yuqori haroratgacha qizdirib yubormang va sochlaringizni ployka ustida 2-3 soniyadan ortiq ushlamang.

Manba: “Woman.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.