Salomatlik Goʼzallik Tantanali kechalar uchun chiroyli soch turmaklari (foto)

Tantanali kechalar uchun chiroyli soch turmaklari (foto)

O'qildi: 494


Tantanali kechalar uchun chiroyli soch turmaklari (foto)
Har bir ayol va qizning hayotida tantanali tadbirlar, to‘ylar va boshqa marosimlar tez-tez bo‘lib turadi. Ko‘pincha bunday tadbirlarga tayyorlanishda soch turmagi tanlash borasida qiyinchiliklarga duch kelamiz. Maqolamizda ancha shunday vaziyatlardan chiqib ketishda yordam beruvchi maslahatlarni o‘qishingiz mumkin.

Klassik ot dumi

Foto: “Lady.tochka.net”

Jiddiy ko‘rinishga ega bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, silliqlangan yoki jingalak qilingan sochlaringizni bitta qilib yig‘ing.  Agar qiyofangiz zerikarli bo‘lib qolishini istamasangiz, sochingizga qandaydir bezak taqishingiz mumkin. Masalan, libosingiz shunga mos bo‘lsa, yunoncha uslubdagi gardishdan foydalaning.

O‘rilgan soch

Foto: “Lady.tochka.net”

Foto: “Lady.tochka.net”Sochni original tarzda o‘rish hozir moda cho‘qqisida. Uzun sochlaringizni turlicha o‘rimlar(bug‘doycha, baliq dumi, fransuzcha o‘rim)yordamida yig‘ishingiz mumkin. Agar sochingiz kaltaroq bo‘lsa, uning faqat tepa qismini o‘rimga kiritib, pastki qismini yoyishingiz mumkin.

Jingalak soch

Foto: “Lady.tochka.net”

Foto: “Lady.tochka.net”

Ot dumi va o‘rimlar sizning uslubingiz bo‘lmasa, sochingizni jingalak qilib, yoyishingiz mumkin. Soch uchun dazmoldan foydalanib, o‘zingiz istagan kattalakda jingalak bo‘lgan sochlarga erishishingiz mumkin. Zulfingizni bir tomonga tushirib, gulli to‘g‘nog‘ichlardan foydalanishingiz yoki sochning ustki qismini tepaga yig‘ishingiz mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.