Salomatlik Goʼzallik Sochlarni ployka va bigudisiz jingalak qilishning 3 oson usuli

Sochlarni ployka va bigudisiz jingalak qilishning 3 oson usuli

O'qildi: 429


Sochlarni ployka va bigudisiz jingalak qilishning 3 oson usuli

O‘ziga xos turmakning siri sochlarni toza va jarayonga tayyor ekani bilan bog‘liq bo‘ladi. Buning uchun esa shampunni bosh terisining o‘zigagina surtib, yengil massaj qilish kerak bo‘ladi. Keyin boshni yuvib, muolajani qayta takrorlash kerak. So‘ngra soch ildiziga tekizmay, uzunligi bo‘ylab konditsioner surtish kerak. 3 daqiqadan keyin sochlarni qo‘l yoki rezina taroq bilan tarash kerak. Yuvib tashlagach, sochiq bilan o‘rash va 15 daqiqa kutish maqsadga muvofiq. Fenlashdan avval issiqlikdan himoya qiladigan vositadan foydalanishni unutmang.

Foto: Marie Claire

Birinchi usul

Yuvib quritilgan sochni o‘rtasidan farq ochib, ikkiga ajrating. Rezinka bilan ajralgan sochlarni tepadan “puchok” qilib yig‘ing. 15 daqiqa o‘tganidan keyin sochlarni yoying, bu vaqtda maxsus yog‘dan foydalansangiz ham bo‘ladi. Keyin esa qo‘llar bilan asta-sekin tarang. Qotirish uchun lakdan foydalanishingiz mumkin. Dengiz tuzi qo‘shilgan maxsus sprey ham yaxshi yordam beradi.

Foto: Marie Claire

Ikkinchi usul

Yuvib quritilgan sochni simmetrik qilib o‘ring. O‘rilgan kokillar soni to‘rtta bo‘lsin. Uchidan 2-3 sm qoldiring. 20-30 daqiqadan keyin qo‘llar bilan tarang. Dengiz tuzi qo‘shilgan spreydan foydalanib yanada o‘ziga xos ko‘rinishga erishish mumkin. Buning uchun vositani soch uzunligi bo‘ylab seping.

Foto: Marie Claire

Uchinchi usul

Yuvilgan sochlarni sochiq bilan quriting. Nam sochlarni nomiga tarab chiqing. Boshni oldinga egib, ikkiga bo‘lingan sochni uchidan aylanma harakatlar bilan yig‘ib chiqing. Rezinka bilan mahkamlagandan keyin shunday holda qurishini kuting. Asosiysi — turmaklashdan avval sochlarni deyarli quruq, biroz nam bo‘lishiga e’tibor berish kerak. Quriganidan keyin boshni oldinga, keyin esa orqaga egib sochlarni qo‘l bilan tarang.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.