Salomatlik Goʼzallik Har doim yosh ko‘rinuvchi 50 yoshli balerina go‘zalligi siri nimada ekanligini aytdi

Har doim yosh ko‘rinuvchi 50 yoshli balerina go‘zalligi siri nimada ekanligini aytdi

O'qildi: 292


Har doim yosh ko‘rinuvchi 50 yoshli balerina go‘zalligi siri nimada ekanligini aytdi

Angliyaning Dorset grafligida yashovchi 50 yoshli sobiq balerina Brinda Kollinz hanuzgacha yosh ko‘rinishi sababi nimada ekanligini aytdi, deb yozadi Mail Online.

Foto: Mail Online

Kollinzning aytishicha, u hech qachon yosh ko‘rinishni maqsad qilmagan.

“Shuning uchun men labimni botoks qildirmaganman yoki boshqa plastik operatsiyalardan foydalanmaganman”, — deydi Brinda Kollinz.

Chiroyli tashqi ko‘rinishni saqlab qolish uchun Kollinz haftada to‘rt marta yuzga mo‘ljallangan niqoblardan foydalanadi.

U terini oziqlantiruvchi kosmetik vositalarning sifatiga ham alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlaydi. Kollinzning aytishicha, sifatli degani har doim ham qimmat kosmetika degani emas. Xamyonbop kosmetika vositalaridan ham yuzga to‘g‘ri keladiganini tanlab ishlatish kerak.

Foto: Mail Online

Kollinz yosh ko‘rinishining yana bir sababi sport mashg‘ulotlari ekanligini aytadi.

“44 yoshimda baletdan ketganimdan so‘ng o‘zim uchun sport turini tanlash jarayoni qiyin bo‘lgan”, — deydi Kollinz.

Balerina hozirda haftasiga olti marta fitness bilan onlayn tarzda shug‘ullanadi.

Kollinzning ta’kidlashicha, har kuni stressdan voz kechish zarur.

“Men har kuni ijodiy ish bilan shug‘ullanaman. Bu men uchun charchoq va stressdan qutulishning eng yaxshi usuli. So‘nggi vaqtda men eski mebellarni yangilashga qiziqib qolganman. Buni men YouTube’dagi videodarslardan o‘rganyapman. O‘zimning dizayn studiyamni ochganimdan keyin esa suratga olishga qiziqib qolganman”, — deydi Kollinz.

Mavzuga doir:

  • Juda yosh ko‘rinuvchi 6 farzandli britaniyalik ayol ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini hayratlantirmoqda
  • Avstraliyalik juda yosh ko‘rinuvchi 63 yoshli ayol o‘zining jozibadorlik sirlari bilan bo‘lishdi


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.