Salomatlik Goʼzallik “Angliya go‘zali-2019” koronavirusga qarshi kurashish uchun shifokorlik faoliyatiga qaytdi

“Angliya go‘zali-2019” koronavirusga qarshi kurashish uchun shifokorlik faoliyatiga qaytdi

O'qildi: 335


“Angliya go‘zali-2019” koronavirusga qarshi kurashish uchun shifokorlik faoliyatiga qaytdi

Angliyaning Derbi shahrida yashovchi “Angliya go‘zali—2019” unvoni sohibasi koronavirus bilan kurashish uchun shifokorlik faoliyatiga qaytdi, deb xabar berdi Daily Mirror.

Foto: Daily Mirror

24 yoshli model Bxasha Mukerji koronavirus karantini tufayli aviaqatnovlar to‘xtatilgani ortidan Hindistonning Kalkutta shahrida qolib ketgan edi.

“Men uyga ketib, zudlik bilan ishga chiqishni xohlagandim. Bu haqiqiy ma’nodagi Angliya go‘zaliga aylanib, yordamga muhtoj mamlakatim uchun xizmat qilishning ayni payti, deb o‘ylayman”, — degan Bxasha.

Mukerji Kalkuttada tug‘ilgan, biroq u to‘qqiz yoshligidan ota-onasi va akasi bilan Derbi shahriga ko‘chib ketgan.

Foto: Daily Mirror

U o‘tgan yili avgustdan boshlab Boston shahridagi kasalxonada kichik shifokor bo‘lib ishlay boshlagan. “Angliya go‘zali—2019” tanlovidagi g‘alabasidan keyin esa u butun dunyo bo‘ylab xayriya loyihalarida ishtirok etish uchun shifokorlik faoliyatidan biroz chetlashgan.

Foto: Daily Mirror

Foto: Daily Mirror

U Hindistonga mart oyida borgan, aviаqatnovlar to‘xtatilgani uchun o‘sha yerda qolib ketgandi.

“Men hamkasblarimdan ishga qaytishim so‘ralgan xabarlarni ola boshladim. Ular har kuni 13 soatdan ishlayotgani, shuningdek, ayrim paytlarda kechki navbatchilikka chiqishga to‘g‘ri kelayotganini aytdi. Bu gaplarni eshitib, tezroq uyga qaytgim keldi”, — deydi Bxasha.

Foto: Daily Mirror

U hamkasblariga koronavirusga qarshi kurashishga yordam berish uchun Hindiston hukumatidan Britaniyaga yetkazishni so‘radi. Shu tarzda uning talabi qanoatlantirildi.

Mavzuga doir:

  • Italiyada shifokorlar koronavirusga chalingan bemorni tug‘ilgan kuni bilan ta’sirli tarzda tabrikladi(video)
  • Britaniyalik hamshira ko‘zlarida yosh bilan aholiga videomurojaat yo‘lladi


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.