Salomatlik Goʼzallik Yuz terisida muammolar paydo bo‘lishining 5 sababi

Yuz terisida muammolar paydo bo‘lishining 5 sababi

O'qildi: 318


Yuz terisida muammolar paydo bo‘lishining 5 sababi

Qanday odatlar terida muammo kuzatilishiga olib keladi?Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Foto: Getty Images

Yuzga qo‘l bilan tegish

Qo‘l mikroblarning koni hisoblangani sabab ham yuzga tegish tavsiya qilinmaydi. Chunki buning oqibati yuzda yallig‘lanish, toshma va husnbuzarlar paydo bo‘lishi mumkin.

Quyosh nuridan saqlovchi vositalardan foydalanmaslik

Ko‘pchilik bulutli havoda quyoshdan saqlovchi krem surtishning keragi yo‘q deb o‘ylaydi. Aslida esa bulut orqali o‘tgan quyosh nuri ham teriga ta’sir o‘tkazadi. Bundan tashqari, jazirama kunlarda quyoshda toblanishda ham e’tiborli bo‘lish, oshirib yubormaslik kerak. Chunki terining erta qarishi, ajin tushishi kuzatilishi mumkin. Shuni inobatga olgan holda quyoshdan saqlovchi shlyapa yoki kepka kiyish, SPF kremdan foydalanishni kanda qilmaslik tavsiya qilinadi.

Pilling qilmaslik

Yuzning o‘lik teri hujayralari tozalanib turmasligi nosog‘lom ko‘rinishga sababchi bo‘ladi. Yuz poralarining ochilishi, tozalanishi esa yuzni tiniq va sog‘lom ko‘rsatadi.

Taomnomaga e’tiborsizlik

Har qanday iste’mol qilingan mahsulot salomatlik, xususan, tashqi ko‘rinishga ta’sir etmay qolmaydi. Teringiz sog‘lom va chiroyli ko‘rinishini istasangiz oq un va shakarli mahsulotlarni ratsioningizdan qisqartiring, spirtli ichimliklardan voz keching va ko‘proq suyuqlik iching.

Zararli odatlar

Ichish, chekish va boshqa har qanday zararli odat tashqi ko‘rinishda aks etib, yoshga nisbatan katta va nosog‘lom ko‘rinishga sababchi bo‘ladi. Eng avvalo salomatlik, shuningdek, tashqi ko‘rinishingiz uchun ham bunday odatlarni tashlab, to‘g‘ri turmush tarziga rioya qiling, sport bilan shug‘ullaning.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.