Uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan yuz uchun foydali niqoblar
Makiyaj va tarkibida kimyoviy moddalar bo‘lgan kosmetik vositalardan charchagan yuz terisi vaqti-vaqti bilan dam olib turishi kerak bo‘ladi. Uy sharoitida, tabiiy mahsulotlardan tayyorlash mumkin bo‘lgan niqoblar teri salomatligi uchun foydali hisoblanadi.
Foto: IVONAXamirturushli niqobXamirturush — vitamin, mikro va makroelement, organik kislotalarning manbasi hisoblanadi. Ushbu mahsulotdan tayyorlangan niqob barcha tipdagi teriga tushadi, husnbuzarlarga qarshi samarali vosita hisoblanadi.
Buning uchun, 10 gramm xamirturushni qatiq bilan aralashtiring. Niqobni yuzingizga surtib 20 daqiqa o‘tganidan keyin suv bilan yuvib tashlang.
Foydasi: Niqob surilganidan keyin birinchi martaning o‘zida foydasi bilinadi: poralar ochiladi, teridagi muammolar, yallig‘lanish bartaraf etiladi, ajin tushishini hamda terining muddatidan oldin qarishini oldini oladi.
Foto: Getty ImagesKo‘k choyli niqob
Ko‘k choy nafaqat iste’mol qilish, balki yuzga niqob sifatida foydalanish uchun ham tavsiya qilinadi. Choy bargi terini yosh va sog‘lom ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lgan antioksidantlarning manbasi hisoblanadi. Uy sharoitida ko‘k choydan niqob tayyorlash uchun, 1 osh qoshiq xamirturushga 1 osh qoshiq ko‘k choy qo‘shib ustidan qaynagan suv qo‘shing. 20 daqiqadan keyin 1 choy qoshiq limon sharbati qo‘shing va aralashtiring. Yuzingizga surtib. 20 daqiqadan keyin yuvib tashlang.
Foydasi: Uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan mazkur niqob yog‘li va aralash teri uchun ayni muddao. Niqobdan keyin yuzdagi poralar ochiladi, rangi tiniqlashadi va ortiqcha yog‘lanishdan xoli bo‘ladi.
Suli yormasidan tayyorlanadigan niqob
Suli yormasida terining tiklanishida ahamiyatli bo‘lgan tiamin va retinol, C vitamini bor. Niqob tayyorlash uchun, 1 osh qoshiq suli yormasiga 60-75 millilitr iliq suv qo‘shib, ustini yopib qo‘ying. Yuzingizga surtib qurigunicha kuting, biroz o‘tganidan keyin yuvib tashlang va yuzingizga namlantiruvchi krem surting.
Foydasi: Suli yormasidan tayyorlangan mazkur tabiiy niqobdan keyin teri sog‘lom va yumshoq bo‘lib qoladi. Bundan tashqari teridagi yallig‘lanishlarga qarshi samarali vosita hisoblanadi.
Manba