Dushmanning ham keragi yo‘q: Instagram hayotingizni zaharlashining 3 isboti (foto)
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar kishilar hayotiga ta’sir o‘tkazayotgani, turmush tarzi va odatlar ham shunga qarab o‘zgarayotganini inkor qilib bo‘lmaydi. Ammo siz-u bizga ko‘ringan hamma narsa ham haqiqiy bo‘lavermasligi, chin dildan qilingan tavsiyalar reklama yoki qandaydir manfaatlarga asoslangan bo‘lishi mumkin.
Foto: GraziaTashqi ko‘rinishga haddan ortiq zeb berish
Foto: GraziaInstagram’dagi go‘zal qizlar, asosan, kosmetolog xonasida tushgan suratlari, patchi-niqoblar bilan tushgan selfilari hamda byuti-gadjet va lanch-boks bilan birga tushgan suratlari bilan bo‘lishadi.
Foto: GraziaBularning barining ortida reklama turadi, shu sabab ham byuti-blogerning hamma tavsiya va maslahatiga amal qilavermaslik, ergashavermaslik kerak.
Fitnes va parhez qilishga mukkasidan ketish
Foto: GraziaAgar siz qomatingiz me’yorda bo‘lishi uchun muntazam ravishda mashq bajarsangiz, bu juda ham yaxshi. Ammo bunda tana vazni va salomatlikdan kelib chiqib ish qilish kerak.
Foto: GraziaSiz Instagram’da havas qilgan sarvqomat egalari faqat sport bilan shug‘ullanmasligi, alohida ratsionga rioya qilishi mumkin. Qolaversa, uzun oyoqlar, xipcha bel fotoshop yoki filtrlar orqali o‘zgartirilgan bo‘lishi ham mumkin.
Foto: GraziaHatto do‘konga ham makiyaj qilmasdan chiqmaydigan bo‘lib qolasiz
Foto: GraziaTashqi ko‘rinishdagi o‘ziga xoslikni haddan ortiq yashirishga harakat qilish ham yaxshi emas. Tonnalab kosmetika va bo‘yoqlar bilan siz o‘zingizga o‘xshamay qolishingiz mumkin.
Foto: GraziaFoto: GraziaFoto: GraziaInstagram’dagi burni ingichka, lablari shishirilgan va qoshlari qalin qizlarning tashqi ko‘rinishi hayotda suratdagidek bo‘lmasligi, ularning mukammal ko‘rinishiga Face tune singari ilova va filtrlar yordam bergan bo‘lishi mumkin.
Manba
Yangi ma'lumotlardan xabardor bo'lib boring