Yuzda dog‘lar paydo bo‘lishiga nima sabab bo‘ladi?
Terining rangi irsiy xususiyatlarga bog‘liq bo‘lib, turli teri pigmentlari kombinatsiyasini o‘z ichiga oladi: melanin — jigarrang, karotin — sariq, oksigemoglabin — qizil va dezoksigemoglabin — ko‘k rang. Pigmentlar orasida melanin eng muhimi hisoblanib, aynan u terini ultrabinafsha nurlaridan zararlanishdan asraydi. Pigmentatsiya terida aks etibgina qolmay, xol, sepkil va pigment dog‘lar ko‘rinishida ham namoyon bo‘ladi. Quyida pigmentatsiya turlariga to‘xtalamiz.
Foto: Marie ClaireXollar
Mazkur pigmentatsiya tug‘ma bo‘lishi yoki keyinroq paydo bo‘lishi ham mumkin. Aslida xollar xavfsiz hisoblanadi, lekin ular zararlansa, xavfli o‘smalarga aylanishi mumkin. Shuning uchun bilar-bilmas ularga teginish va zararlashdan saqlanish kerak.
Sepkillar
Ushbu pigmentatsiya turi ko‘pincha nasldan-naslga o‘tishi kuzatiladi. Ular odatda melanin ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari tufayli, terisi oq sochlari sarg‘ish-qizg‘ish bo‘lgan insonlarda ko‘p uchraydi. Ba’zida sepkillar ocharib qolishi yoki yosh o‘tishi bilan yo‘q bo‘lib ham ketishi mumkin.
Lentigo
Lentigo dog‘i o‘z navbatida sepkillarga qaraganda, to‘qroq ko‘rinadi, ushbu pigmentatsiya turi yosh o‘tishi bilan ko‘proq kuzatiladi. Qizg‘ish-jigarrang lentigo “keksalik dog‘i” deb ham ataladi. Dog‘lar asosan terining ochiq joylarida, ultrabinafsha nurlar ta’sirida paydo bo‘ladi.
Xloazma
Xloazma — och jigarrang dog‘. Yuzasi silliq va aniq chegaralangan bo‘lib, asosan son, qorin va yuzda paydo bo‘ladi. Homiladorlik, jigar kasalliklarida yuzaga kelishi mumkin.
Mavzuga doir:
- Tabiatning o‘zi tabib: terini sog‘lom va yosh ko‘rsatuvchi 6 mahsulot
- Foydalidek tuyuladigan 3 ta zararli mahsulot
- Yomon ko‘rinishingizga sabab bo‘layotgan ovqatlanishdagi 7 xato
- Istalgan parhez samaradorligini oshiradigan 3 qoida
Manba