Salomatlik Goʼzallik Yuz terisi quriganidan darak beruvchi 5 ta belgi

Yuz terisi quriganidan darak beruvchi 5 ta belgi

O'qildi: 396


Yuz terisi quriganidan darak beruvchi 5 ta belgi

Cosmopolitan aksariyat ayollarning eng katta muammosi hisoblangan teri qurishi borasida bir qancha ma’lumot berdi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, teri qurishining  ko‘pgina sabablari bo‘lgani kabi yechimi ham mavjud.

Foto: Cosmopolitan

Yuz tez fursatda yog‘lanadi

Yuzning tez-tez yog‘lanishi kuzatilganda quritish vositasidan ko‘p foydalanish mumkin emas. Sababi u mutlaqo teskari natijani beradi. Bu esa yuzda turli xil toshmalar toshishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun ertalab yuzdagi yog‘lilik darajasini kamaytiruvchi, tunda esa namlantiruvchi kremlardan foydalanish zarur. Ayniqsa, omega-3 zardobini haftada bir necha marotaba qo‘llagan yaxshi. Vaqt o‘tishi bilan u yog‘ bezlarining ishlash jarayonini me’yorga keltiradi.

Qarishning oldini oladigan vositalar samara bermaydi

Qurigan terida eng faol namlantiruvchi konsentratni qo‘llash ham yordam bermasligi mumkin. Buning uchun, avvalo, namlik darajasini me’yorlashtirish kerak. Qarishning oldini oluvchi vositalardan foydalanishda ularning qatoriga namlantiruvchi kremlarni ham qo‘shish zarur.

Kosmetik vosita o‘zgartirilmasa-da, yuzda toshmalar paydo bo‘ladi

Teri ta’sirchanligining ortib borishi ham namlik yetishmasligidan darak beradi. Parvarish uchun tinchlantiruvchi hamda oziqlantiruvchi niqoblardan foydalanish kerak. Ikki hafta mobaynida kun oralab ushbu niqoblar qo‘llansa, natijasi uzoq vaqt talab etmaydi.

Uyqu me’yorida bo‘lsa ham ko‘z atrofida qora dog‘lar tiniqlashadi  

Ko‘z atrofidagi o‘zgarishlar, asosan, gidrolipid balansining buzilganidan darak beradi. Buning uchun qayta tiklovchi kremdan foydalaning. Ushbu holatni yaxshilashda oziqlantiruvchi vositalardan ortiqcha qo‘llamaslik zarur. Ko‘proq mentolli(yalpiz moyidan olinadigan kristall modda)mahsulotlardan foydalanilsa, natija darhol seziladi. Bu tez fursatda terini oqartiradi va shishni qaytaradi.

Yelka va iyak sohasida teri ko‘cha boshlaydi

Terida namlik kamaygan sari quruqlik darajasi ortib, teri ko‘chishi yuzaga keladi. Afsuski, uni pardoz yoki boshqa biror vosita bilan berkitib bo‘lmaydi. Aksincha, kamchilikni yanada bo‘rttirib ko‘rsatadi. Buning oldini olish uchun qattiq skrablardan foydalanmaslik kerak. Undan ko‘ra, faol mahsulotlar iste’molini ko‘paytirgan afzal. Tozalovchi ko‘pikning o‘rniga geldan foydalanish kerak.  Yuzlar yuvilgandan so‘ng yumshoq sochiqda emas, qog‘oz salfetkalar yordamida quritish terining qurigan, dag‘al joylarini tezroq silliqlaydi. Kechasi terini qayta tiklovchi vositasidan muntazam foydalangan ma’qul.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.