Shellakni uy sharoitida qanday qilib o‘chirish mumkin?
Karantin sharoitida xizmat ko‘rsatish maskanlariga tez-tez borish ham biroz xavfli, lekin qo‘l, soch, teri parvarishi buni kutib turmaydi. Demak, buning uchun uy sharoitida parvarishni, ayniqsa, tirnoqlarga g‘amxo‘rlik qilishni o‘rganish kerak.
Foto: “wlooks.ru”Odatda ko‘p ayollar oddiy tinroq bo‘yog‘idan ko‘ra shellakni afzal ko‘radi. Sababi u uzoq vaqt davomida suvga chidamli va o‘z ko‘rinishini yo‘qotmaydi. Shuningdek, uni ko‘chirib tashlash ham qiyinchilikni talab etadi. Mutaxassislar go‘zallik salonida shellakni olib tashlashning ikki xil usulini tavsiya etadi. Ular maxsus apparat yordamida yoki folga ostida gel-lakni eritish orqali. Ammo uy sharoitida ham tirnoqlarga zarar bermasdan shellakni ko‘chirib tashlash mumkinmi?Albatta, mutaxassislar bergan ko‘rsatmaga ko‘ra buni amalga oshirish mumkin.
Shellakni olib tashlash uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:- tirnoq egovlagich(pilka);
- paxta;
- shellak va lak bo‘yog‘ini o‘chirish uchun atseton;
- folga;
- yog‘och yoki temir tayоqchalar;
- oziqlantiruvchi krem yoki yog‘.
- Tirnoq shakliga mos holda paxta bo‘laklarga ajratiladi. Bu bo‘yoq o‘chirilishida vosita teriga tushmasligi uchun kerak bo‘ladi.
- Shellak iloji boricha egovlagich vositasi bilan ko‘proq ishqalanadi, agar bo‘yoq yupqa qatlam qilib surilgan bo‘lsa, darhol natija ayon bo‘ladi.
- Paxta bo‘laklari bo‘yoq o‘chirish vositasiga botirilib olinadi. So‘ngra tirnoqqa qo‘yilib, ustidan folga qog‘ozi zich qilib o‘raladi va 10-15 daqiqaga qoldiriladi.
- Folga qog‘ozi olib tashlanganda, bo‘yoq ham birga ko‘chib tushadi. Bo‘yoqning qoldiqlarini egovlagich yordamida olib tashlash mumkin.
- Agar birinchi urinishda shellak ko‘chib tushmagan bo‘lsa, yuqoridagi jarayonni yana takrorlab ko‘rish kerak.
- Shellak olib tashlangandan so‘ng darhol keyingi bo‘yoq surilmasa, teri va tirnoq dam olishi uchun jarayon yakunidan so‘ng qo‘l terisi va tirmoq atrofiga maxsus namlantiruvchi krem surish tavsiya etiladi.
Manba