Har 15 soniyada sotiladigan, dunyo bo‘yicha eng mashhur go‘zallik mahsulotlari
15 soniyada nima qilishingiz mumkin?Instagram’da bir-ikkita rasmlarni tomosha qilishga ulgurasiz, xolos. Bu vaqtda esa go‘zallik sanoati vakillari vaqtini behuda sarflamaydi va har 15 soniyada dunyodagi eng mashhur quyidagi kosmetik vositalarni sotadi.
Better Than Sex Mascara, Too Faced — kipriklar uchun tush
Better Than Sex Mascara, Too Faced tushi yuzlab raqiblarini ortda qoldirib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oladi. Mahsulot tarkibida kollagen mavjud bo‘lib, birinchi bo‘yashdayoq kirpiklarni qalin qiladi. Ikki marotaba bo‘yash esa undan a’lo natijani beradi — hajm, alohidalik va uzunlik. Mahsulotning nozik pushti idishi har 15 soniyada sotilib ketishi ajablanarli emas!
The Eraser Eye Concealer, Maybelline New York — konsilyerFoto: CosmopolitanKonsilyersiz pardoz mukammal bo‘lolmaydi. Yana qaysi mahsulot bir vaqtning o‘zida beshta muammoga yechim bera oladi: toshma, qizarish, chandiqlarni qoplash, kontur qilish, ko‘z ostidagi ko‘karishlar yashirish?Bularning barchasi Maybelline New York kosmetikasining mutlaqo bestselleriga aylangan konsileri natijasidir.
Touche Eclat, YSL Beauty — konsilyer-haylayteri
Foto: Cosmopolitan
Yana bir betakror byuti-mahsulot — YSL Beauty’dan Touche Eclat. Uning yordami bilan bir necha soniya ichida yuzingizdagi uyqusizlik izlarini yashirishingiz mumkin. Shaffof konsiler teriga yengil singadi, terini tortmaydi, ajinlar ichiga kirib, ajratib qo‘ymaydi. Bu yil brend Touche Eclat High Cover bestsellerining zichroq versiyasini ishlab chiqardi.
Blush rumyanasi — Orgasm, Nars ranglari
Foto: Cosmopolitan
Afsonaviy qizg‘ish Orgasm rumyanasi o‘zining pushti-shaftolirang rangi bilan ayollar qalbini zabt etgan, shuning uchun ham bu mahsulot do‘kon peshtaxtalariga qo‘yilishi bilan sotilib ketadi. Ushbu universal rumyana haqida eshitmagan qiz bo‘lmasa kerak.
Advanced Night Repair, Estée Lauder — tungi zardobi
Foto: Cosmopolitan
Estée Lauder terini qayta tiklovchi zardobi bir kechaning o‘zidayoq mo‘jizalar yaratib, yuz terisini silliq, mayin va yorqin qiladi. Undan nafaqat yotishdan oldin, balki kunduzgi pardozdan avval ham foydalanish mumkin. Agar teringizda qattiqlik va quruqlikni his qilsangiz, zardobni praym bilan ishlatib ko‘rishingizni maslahat beramiz. U darhol suvsizlangan va charchagan yuz terisini tiklaydi.
Lip Liner Pillow Talk, Charlotte Tilbury — lab uchun qalam
Foto: Cosmopolitan
Sharlotta Tilberining lab uchun qalami allaqachon go‘zallik doiralarida afsonaga aylanishga ulgurgan. Emma Roberts, Aleksa Chang va boshqa mashhur shaxslar universal rangni sinab ko‘rishgan. O‘zining kremli teksturasi va lab bo‘yog‘ining chidamliligini uzaytirish qobiliyati tufayli qalam butun dunyo bo‘ylab makiyajni sevuvchilar tomonidan tan olingan.
Sensibio H2O, Bioderma — mitsillyar suvi
Foto: Cosmopolitan
Fransiyaning Bioderma brendiga tegishli mitsellar suvi deyarli har bir qizda bo‘lishi shart. Mahsulot nafaqat pardozni tozalaydi, balki terini tinchlantiradi, tiklaydi va yangilaydi. Aytgancha, bunda vaqtingiz ham tejaladi, chunki chayish shart emas.
Rosehip Oil, Trilogy — yuz uchun moy
Foto: Cosmopolitan
Yangi Zelandiyada ishlab chiqarilgan organik brendining atirgul moyi terini qutqaruvchi vositadir. Uning tarkibida 80 foiz yog‘ kislotalari, antioksidantlar va E vitamini mavjud bo‘lib, ular terini namlaydi va hujayralarning yangilanishiga yordam beradi. Mahsulot yuzda yaxshi so‘riladi va terini oziqlantirib, uni silliq va tarang qiladi.
Mavzuga doir:
- Kosmetik vosita ishlab chiqarish ortidan millionlarga ega bo‘lgan yulduzlar(foto)
- Dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotiladigan 10 ta tonal krem
- Teri makiyajdan dam olishi kerakmi?Mutaxassis javob beradi
- BB, CC, DD kremlarning o‘ziga xos xususiyati va farqlari
- Ko‘z atrofida ajin paydo bo‘lishiga olib keladigan eng ko‘p tarqalgan 8 xato
Manba