Salomatlik Goʼzallik Tirnoqlarga gel-lak surishdan voz kechish uchun to‘rt sabab

Tirnoqlarga gel-lak surishdan voz kechish uchun to‘rt sabab

O'qildi: 358


Tirnoqlarga gel-lak surishdan voz kechish uchun to‘rt sabab

Gel-lak bundan 10 yil avval paydo bo‘lishiga qaramay, tez orada mashhurlikka erishdi hamda bugungi kunda salonga tashrif buyurgan ayollarga aynan u bilan bog‘liq xizmatlar ko‘p tavsiya qilinadi. U nozik jins vakillarining tirnoq va qo‘llari chiroyli ko‘rinishiga, vaqti tejalishiga yordam bergani bilan gel-lak bilan tinimsiz yurish tirnoqlarning nafas olmasligi, mo‘rtlashishi va boshqa muammolarga sabab bo‘ladi.

Foto: Cosmopolitan

Nurlanish

Lak surilganidan keyin foydalaniladigan lampa ikki xil: UV va LED turlari bo‘lib, ularning har ikkisida ham ultrabinafsha nurlar mujassam bo‘ladi. Ultrabinafsha nurlar terining erta qarishi, ajin va dog‘lar tushishi, shuningdek saraton rivojlanishiga ham sabab bo‘ladi. Ko‘pchilik LED-lampalarni xavfsiz, deb hisoblaydi, ammo bu to‘g‘ri emas. Dermatolog Kris Erdiganning aytishicha, UV va LED-lampalaridan nurlanish ko‘chadagi oddiy chiroqdan nurlanishdan to‘rt karra kuchliroq. Saraton kelib chiqish xavfi u qadar katta bo‘lmasa ham, teri bilan bog‘liq muammolarning paydo bo‘lish ehtimoli yuqori sanaladi. Ushbu xavf salonga bir-ikki marta tashrif buyurganda bilinmagani bilan oradan bir necha yillar o‘tib namoyon bo‘ladi. Bunday lampalardan foydalanish kerotinositlar DNKsiga zarar yetishi o‘tkazilgan tadqiqotlarda ham aniqlangan. Lampaga qo‘lni qancha uzoq tutib turilsa, teriga shuncha yomon bo‘ladi.

Mikroplastik

Amerikada ovqat plastik o‘rami yiliga 80 milliondan ko‘p marta chiqindiga tashlanadi. Uning Yer yuzi va okeanda to‘planishi esa tirik organizmlarga ham zarar yetkazmay qolmaydi. Toshbaqa, qush va dengiz hayvonlarining aksariyati plastiklarning to‘planishidan halok bo‘ladi. Gel-lak tirnoq plastinasidan o‘chirilgach, plastiklar chiqindiga tashlanganidan so‘ng ular mikroplastiklarga ajraladi. Bu esa uning iste’mol mahsulotlariga zarar yetkazishi va vaqt o‘tishi bilan taom ko‘rinishida organizmga kirishini bildiradi.

Tirnoq plastinasiga zarar yetadi

Gel-lak bilan qoplangan tirnoq vaqt o‘tishi bilan ingichkalashib, og‘riqni ham his qilishi mumkin. Bunga esa ikki sabab mavjud. Birinchisi, qiz va ayollarning ikki hafta yoki undan ko‘p gel-lak bilan yurishi, ikkinchisi esa manikyurning noto‘g‘ri o‘chirilishi hisoblanadi. Apparatdan foydalanganda ehtiyot bo‘lmaslik tufayli tirnoq plastinasi shikastlanadi.

Tirnoqni atseton va folga qog‘ozi bilan o‘chirish to‘g‘ri usul hisoblanadi. Tirnoqlar “dam olishi” uchun gel-lakdan voz kechishni istaganlar 3-5 oy davomida kutishiga to‘g‘ri keladi. Bu vaqt davomida tirnoq plastinasi butkul yangilanib oladi. Tirnoqlarini davolashni istovchilarga esa shifobaxsh xususiyatga ega bo‘lgan lakdan foydalanish tavsiya qilinadi.

Zamburug‘lar paydo bo‘lishi mumkin

Tirnoqning rangi sariq, oq yoki jigarrang bo‘ladi, ayrim hollarda tirnoq ostiga namlik to‘planishi va zamburug‘ paydo bo‘lishi ham mumkin. Shu sabab ham mutaxassislar 3-4 manikyurdan keyin bazani olish kerakligi haqida ma’lum qilishadi. Quritish davomida gipoksiya paydo bo‘ladi va bu tirnoq bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, shikastlangan tirnoqlar, asbob-uskunalarning dezinfeksiyalanmagani, sifatsiz gel-lakdan foydalanish, 2 hafta muddat o‘tganidan keyin ham lakni o‘chirmaslik ham yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.