Salomatlik Goʼzallik Go‘zallik haqida shakllangan tasavvurlarni o‘zgartirib yuborgan modellar (foto)

Go‘zallik haqida shakllangan tasavvurlarni o‘zgartirib yuborgan modellar (foto)

O'qildi: 460


Go‘zallik haqida shakllangan tasavvurlarni o‘zgartirib yuborgan modellar (foto)

Go‘zallik standartlari, qoliplarining hammasi odamlar tomonidan o‘ylab topilgan. Aslida esa insonning xunugi bo‘lmaydi, o‘ziga xos va boshqalarga o‘xshamagan bo‘ladi xolos. Tashqi ko‘rinish borasidagi mavjud stereotiplarni o‘zgartirib yuborgan, hech kimga o‘xshamagani bilan mashhurlikka erishgan modellar haqida ma’lumot beramiz.

Slik Vuds

Foto: Marie Claire

Slikning bolaligi oson bo‘lmagan: otasini biron marta ham ko‘rmagan, onasi esa qamoqda jazo muddatini o‘tab chiqqan va qizining kelajagi bilan qiziqmagan. Tishida ko‘zga tashlanadigan muammosi borligi Vudsni o‘ziga bo‘lgan ishonchini kamaytirgan. U ham bank kartalari bilan bog‘liq muammo sabab qamoqqa olingan va bir necha oydan keyin ozodlikka chiqqan. Yangi hayoti esa avtobus bekatidan boshlangan. Uni ko‘rib qolgan manikenchi Esh Staymest reklama roligida suratga tushishni taklif qilgan va reklama muvaffaqiyatli chiqqan. Shundan keyin unga Calvin Klein, Yeezy, Mercedez-Benz, Moschino kabi brendlardan takliflar kelib tusha boshlagan. Tishidagi diastema uning o‘ziga xosligi bilan boshqalardan ajralib turishiga sababchi bo‘lgan.

Brunett Moffi

Foto: Marie Claire

Mazkur modelga g‘ilaylik tashxisi qo‘yilgan, lekin bu Brunettning Keyt Moss, Sindi Krouford va Kara Delevin kabi mashhur modellar yetishib chiqqan Storm Models agentligining u bilan hamkorlik qilmasligiga sabab bo‘lmagan. Modellik karyerasi do‘stona fotosessiyadan keyin boshlangan. Uning do‘stlarining biridan POP jurnali uchun qiz suratga olib berish iltimos qilingan. Kadrlar omadli chiqqan va ulardan biri jurnal muqovasi uchun tanlab olingan. Model ko‘zidagi muammo uning o‘zi yaxshi ko‘rib, qadrlaydigan o‘ziga xoslik ekanini bir necha marta takrorlagan.

Dafna Self

Foto: Marie Claire

Britaniyaning eng keksa modeli Dafna moda olamidagi mavjud qoidalarni buzib tashlagan. Aslida u karyerasini 50-yillarda boshlagan. Reading univermagida ishlayotgan vaqt hamkasblari unga modellar tanlovida ishtirok etishni taklif qilgan. Boshlang‘ich bosqichlarda muvaffaqiyatga erishgan, ko‘plab mashhur modellik agentlaridan takliflar kelib tushgan, ammo bu uzoqqa bormagan. Qanchalik ajablanarli bo‘lmasin, Dafna 70 yoshdan keyin moda olamiga qaytishni istagan. Kutilmaganda uni London moda haftaligida ishtirok etishga taklif qilishgan. U yerda mashhur moda agentligi Models 1 vakillaridan birining e’tiborini tortgan. Shundan keyin turli moda chiqishlariga taklif qila boshlangan. Dafna boshqalarga maqsad yoki orzulariga erishish uchun hech qachon kech bo‘lmasligi, yosh shunchaki raqam ekanini isbotlagan model hisoblanadi.

Diandra Forrest

Foto: Marie Claire

Forrest zamonaning eng yorqin va esda qolarli modellaridan. Diandrada albenizm kasalligi bo‘lgan va bu uning boshqalar bilan muloqot qilishiga xalaqit bergan. Bolaligida undagi mazkur biologik o‘ziga xoslik ustidan ko‘p marotaba kulishgan, shundan keyin uning ota-onasi davlat maktabidan xususiy maktabga o‘tkazgan. Xarid vaqtida u mashhur suratchi Shamir Xonning e’tiborini tortgan va aynan u Diandraning moda olamiga qadam qo‘yishiga sababchi bo‘lgan. Shundan keyin u ko‘plab agentliklar, Beyonse, Kanye Uest bilan ishlagan, surati bir qancha mashhur jurnallar muqovasida chop etilgan. Uning albenizmni ichki ishonch va kuchga aylantira olgani, ruhan sinib qolmaganiga qoyil qolsa arziydi.

Vinni Harlou

Foto: Marie Claire

Asl ismi Shantel Braun-Yang bo‘lgan model moda olamidagi eng talabgir modellardan. Bunga Vinnining o‘ziga xosligi sabab. Model bolaligidan teri kasalligidan aziyat chekkan. Tengdoshlari uni “zebra” deb masxara qilgan. Ruhan ezilgan Vinni hatto joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan. Maktabini almashtirgan va koll-markazda ishlagan. Modellik olamiga qadam qo‘yishiga kanadalik jurnalist sababchi bo‘lgan. U Facebook’da Vinnining suratini ko‘rib, modellik biznesida o‘zini sinab ko‘rishni taklif qilgan.

Keyinroq America’s Next Top Model shousining prodyusseri Tayra Benks yangi mavsumda ishtirok etishni taklif qilgan. Shundan keyin Xarlouga hamkorlik borasida takliflar kelib tusha boshlagan. Bugungi kunda Vinni modellikdan tashqari, bu kabi kasallikdan aziyat chekayotganlarga ko‘maklashadi va ularni kamsitilishiga qarshi aksiyalarda faol ishtirok etadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.