Malayziyada to‘yi oldidan go‘zallik saloniga borgan kelin o‘sha yerda vafot etdi
Malayziyada to‘yi oldidan liposaksiya uchun(tanadagi yog‘lar jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanadigan kosmetik operatsiya)go‘zallik saloniga borgan kelin vafot etdi, deb xabar beradi The Straits Times.
Foto: The Straits Times23 yoshli Syao Chjisin tantanali marosimga tayyorgarlik ko‘rgan va o‘zini yaxshi ko‘rinishga keltirishni xohlagan. Internet orqali u Cheras shahridagi kosmetika salonini topib, qo‘lidagi ortiqcha yog‘lardan xalos bo‘lish operatsiyasiga yozilib qo‘ygan. Ushbu operatsiya 600 dollar atrofida turgan.
17-oktabr kuni Chjisin dugonasi bilan ushbu xizmatdan foydalanish uchun kelgan. Mijozga shu zahoti anesteziya yuborishgan. Oradan yarim soat o‘tgach u o‘zini yomon his qila boshlagan, yana bir soatdan keyin esa qizning yuragi urishdan to‘xtab qolgan. Qiz zudlik bilan kasalxonaga yetkazilgan, biroq bu yordam bermagan.
Go‘zallik saloni boshqaruvchisi so‘roq qilinganida ularda bu kabi tibbiy xizmatlarni bajarish uchun litsenziya yo‘qligini tan olgan. Aniqlanishicha, ushbu salonning faqatgina oddiy kosmetik xizmatlarni ko‘rsatishga ruxsati bo‘lgan.
Go‘zallik salonining ikki egasi — ayol va uning qizi Chjisinning o‘limini tergov qilish jarayonlari uchun qo‘lga olingan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, qizning o‘limiga nima sabab bo‘lgani aniq emas.
Mavzuga doir: Baxtsiz hodisa tufayli chiroyini yo‘qotib, qalb go‘zalligi bilan baxt topgan qizlar hikoyasi(foto)
Manba