Salomatlik Goʼzallik Sharqona go‘zallik: arab qizlari ko‘zlarini qanday bo‘yaydi?

Sharqona go‘zallik: arab qizlari ko‘zlarini qanday bo‘yaydi?

O'qildi: 1 099


Sharqona go‘zallik: arab qizlari ko‘zlarini qanday bo‘yaydi?

Sharq ayollari makiyajda ko‘zlarga alohida urg‘u berishni ma’qul ko‘radi. Ular mukammal strelka chizishni o‘rganganiga ancha bo‘lgan. Ko‘zlarning arab ayollarniki singari shahlo ko‘rinishiga qanday qilib erishish mumkinligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: Cosmopolitan

Suyuq podvodka o‘rniga surma

Sharq qizlari ko‘zlarga strelka chizishni suyuq podvodka paydo bo‘lishidan ancha avval o‘rganib ulgurgan. Ushbu maqsadda ular kukun holiga keltirilgan qora, yumshoq tosh va unga qo‘shilgan kanakunjutli aralashma — surmadan foydalanadi. Qurigan aralashmadan uchi o‘tkir qalam tayyorlanadi va qarabsizki, podvodka tayyor. Suyuq kosmetik vositadan farqli ravishda bunday surma yaxshi surtiladi va oddiy qalamdan yog‘liroq ekani bilan o‘ziga xos sanaladi. Qizig‘i, zamonaviy brendlarda ham surmaga muqobil variant bor. Masalan, YSL tomonidan taqdim qilinganCouture Kajal Eye Pencil xuddi arab ayollari foydalanadigan go‘zallik vositasiga o‘xshaydi. Tarkibi zamonaviyroq ekaniga qaramay, tuzilishi va foydalanish prinsipi surmadan farq qilmaydi.

Foto: Cosmopolitan

Uzun strelka

Sharq go‘zallari boshqalardan farqli ravishda strelkani uzun qilib chizadi. Tashqi uchini chakka tomon xiyol yuqori qilish ko‘zlarning aslidan kattaroq ko‘rinishiga hissa qo‘shadi. Bunday makiyaj, ayniqsa, kechki obraz uchun ayni muddao sanaladi. Buning uchun strelkani ko‘zning tashqi burchagida tugatmaslik, kosmetik vosita ushlagan qo‘lni sal yuqoriga harakatlantirish kerak.

Foto: Cosmopolitan

Singdirish

Biroz singdirish bu sharqona ko‘z bo‘yash usulining “gollivud” variantidan farqi sanaladi. Yevropaliklar suyuq podvodkadan mukammal darajada tekis qilib chizishni afzal bilsa, arab qizlari chizilgandek turmasligi uchun biroz singdirishga harakat qiladi. Strelka chizgandan keyin kichkina, qattiq ten surtadigan cho‘tkada podvodkaning tashqi burchagi ustidan harakatlantiring. Qop-qora bo‘lib turmasligi, shu bilan birga, shaklini yo‘qotmasligiga e’tibor bering.

Ko‘zning ichki qismini bo‘yang

Ko‘zlaringiz tundek qop-qora bo‘lishini istasangiz, kipriklar o‘sgan qatorning ichki qismini bo‘yang. Buning uchun barmog‘ingiz bilan qovoqni biroz yuqoriga torting, ikkinchi qo‘lingizdagi yumshoq qalamni esa ko‘zning ichki qismiga surting. Tush surtilganda ushbu usul kipriklarni qalin ko‘rsatadi.

Foto: Cosmopolitan

Pastki qovoqni bo‘yashni yoddan chiqarmang

Sharqona makiyajda ko‘zning pastki qismi bo‘yalmay qolmaydi. Qanchalik g‘alati va bachkana ko‘rinmasin, fakt faktligicha qoladi: qovoqning pastki qismiga bo‘yoq surtish ko‘zlarni katta ko‘rsatadi. Makiyaj me’yorda bo‘lishi uchun bu safar qalam emas, tendan foydalanish tavsiya qilinadi. Ingichka cho‘tka yordamida tenni ko‘zning tashqi burchagidan boshlab o‘rtasigacha surting. Keyin tashqi tomonga yo‘naltirib yengil harakatlar bilan singdirishga harakat qiling.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.